Arterial gipertoniya simptomlari Arterial gipertoniya simptomlari. Gipertoniya kasalligining asosiy belgisi arterial bosimning kutarilishi hisoblanadi. Butun dunyo soqliqni saqlash tashkilotining kardiologiya komiteti gipertoniyada sistolik bosimni 160 mm. s.u. va undan yuqori , diastolik bosim uchun 100 mm. s.u. dan yuqori bo'lgan holatini qabul qilgan. qon bosimining kutarilishi bir qator kasalliklarda ko'zatiladi; buyrak, endokrin sistemasining shikastlanishi, ateroskleroz, aorta koarktasiyasi, yirik tomirlarning torayishi va x.k. Bu gipertoniya asosiy simptomatik yoki kasallikdan kelib chiqqan ikkinchi hastalik hisoblanadi. Bu kasallik keng tarqalgan bo'lib, hamma yoshda uchrashi mumkin. Gipertoniya kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar: bu - asabiy zuriqishlar bilan bog'liq bo'lgan mehnat, ruhiy shikastlanish, ta'sirchan iztirob, xaddan ortiq zuriqish, ruhiy-asabiy charchoq, irsiy moyilliklardir. Klinik ko'rinishi qon bosimi darajasi kutarilishi parenximatoz organlarning funksional holati, neyroendokrin sistemasi ishi, gemodinamika, qonning reologik xususiyatlari va boshqalar bilan namoyon bo'ladi. qon bosimida ko'pincha qattiq bosh og'riqidan shikoyat qilinadi. Bu bosh og'riqi migrenga o'xshash bo'lib, uzoq davom etadi va qusish bilan yakunlanadi. Ba'zan bosh og'riqi tufayli ko'z oldi qoronqilashadi. Gipertoniyaning asosiy belgilari bosh aylanishi, quloq shanqillashi, yurak sohasida og'riq, tez charchash, jismoniy kuchsizlikdan iborat.Gipertoniya kasalligining asoratlari: gipertonik kriz, miokard infarqti, miya qon aylanishining bo'zilishi, o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi, ko'z tur pardasi qatlamining kuchishini qayd etish joiz. Hamshira tashxisi: bosh og'riqi, bosh aylanishi, qayt qilish, yurakda og'riq, holsizlik, darmonsizlik, ko'z oldining qoronqilashishi. Parvarish rejasi: bemorni ko'zatish va parvarish qilish, bemorni qo'shimcha instrumental va laboratoriya tekshiruvlariga tayyorlash, davolovchi shifokorning tavsiyalarini bajarish, boshqa mutaxassislarning maslahatini tashkil qilish, dispanser ko'zatuvi, reabilitasiya tamoyillari. Hamshiralik parvarish rejasini amalga oshirish. qon bosimi keskin oshganda, bemorni tinchlantirish, jismoniy va ruhiy ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.02 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.02 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:38 ]
Arxiv ichida: docx