Atopik bronxial astma Atopik bronxial astma - (yuqumsiz-allergik) va yuqumli-allergik astma turlari mavjud. Atopik astmada odam organizmida antitelalar paydo qiluvchi har qanday omil hastalik sababchisi bo'lishi mumkin. Allergenlar dorilar, hayvonlar tuki va o'simlik changlari, shuningdek, oddiy va murakkab turkumli kimyoviy moddalar bo'lishi ham mumkin. Yuqumli-allergen turida bronxial astmaning rivojlanishiga mikrobli flora asos bo'ladi. Bundan tashqari, etiologik omillar psixogen, iqlim sharoiti (o'ta sovib ketish, insolyatsiya), shuningdek, jismoniy zo'riqish ham bronxial astmaning rivojlanishiga asos bo'ladi. Klinik ko'rinishi: bronxial astmaning klinik kompleks simptomlari nafas siqishi, xushtaksimon nafas olish, davriy bug'ilish holatlari(tiklanuvchi bronxial torayish, ya'ni obstruksiya, bu holatlar ko'pincha ko'p miqdorda balg'am ajralishi bilan yakun topadi. Bronxial astmaning atopik formasini xarakterli tomoni shundaki, u allergen bilan mouloqotda bo'lgan paytda bo'g'ilish xuruj qilishi bilan ajralib turadi. Allergen bilan muloqot to'xtatilgani tamoni bo'g'ilish xuruji ham to'xtaydi. Bunda bo'g'ilishdan oldin, odatda, auraning ko'p shaklliligi (polimorfizmlar)ning paydo bo'lishi (tomirlar kengayib-torayib turishi va ko'p miqdordagi shilimshiq suyuqlik ajralishi bilan namoyon bo'luvchi vazomotor rinit, bosh og'riqi, oigren, eshak yemi, teri qichishishi, tomoqda achishish va qichishish, yo'tal, Kvinke shishi va x.k.) yo'z beradi. Yuqumli-allergik bronxial astmada bo'g'ilish xuruji ko'pincha kuz va qish davrida, o'tkir nafas olish yo'llari kasalliklari, bronxit, pnevmoniya bilan og'rigan kishilarda tez rivojlanadi. Bunday bemorlarning aurasi ko'p hollarda yo'tal bilan ifodalanadi. Xurujlar, odatda, o'rtacha va og'ir darajali uzoq davom etuvchi va umumiy muolajalar kor qilmaydigan, ko'pincha astmatik holatga (status asthmaticus) o'tib ketadi. Ba'zi hollarda stafilakokk toksini va streptokokka sezuvchanligi aniqlanadi. Nafas siqish xurujining asosiy klinik simptomlari chegaralangan harakatdagi ko'krak qafasida (diafragmaning quyi holati) nafas chiqarishning o'zayishi, xushtaksimon nafas olish, ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.65 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.65 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx