Atrof-muhitning zararli ta'sir ko'rsatuvchi omillari sharoitida aholining ovqatlanishi Yashash muhiti omillari, shuningdek, zararli ishlab chiqarish sharoitlari ham insonga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Mehnat sharoiti zararli bo'lgan ishlab chiqarishda ishlash yaxshi malum bo'lgan tibbiy va gigiyenik muammolarga olib kelishi mumkin. Kasb kasalliklari profilaktikasida ovqatlanish muhim, ammo belgilamaydigan o'rin tutadi: bu bog'liqlikda texnologik (zararli modda yoki omil bilan aloqada bo'lishni kamaytiruvchi yoki bartaraf etuvchi) va tashkiliy (jamoaviy va individual muhofazalash) tadbirlar birinchi o'ringa chiqadi. Ekologik farovon bo'lmagan sharoitlarda yashash yot yuklamalar darajasining nisbatan ancha pastligi (ishlab chiqarish zararlariga nisbatan), biroq doimiy (ko'pincha sutka davomidagi) ravishda ushbu hududda yashovchi aholining barcha yoshga oid va ijtimoiy guruhlarini jalb etgan holda muddati uzaytirilgan (uzoq vaqtli) ta'siri bilan xarakterlanadi. Bunda, odatda, yot yuklamalarning nisbatan kengroq spektri qayd etiladi va o'z vaqtida tashxisiy va profilaktika tadbirlarini o'tkazishda (juda bo'lmaganda, ekologik shartlangan kasalliklarning klinik simptomatikasi aniqlangunicha) murakkabliklar paydo bo'ladi. Bunday holatda aholi (ayniqsa, bolalar, homilador ayollar, emizikli onalar)ni ozuqa moddalari va quvvatga bo'lgan haqiqiy ehtiyojini hisobga olgan holda optimal ovqatlanish bilan ta'minlash ekologik shartlangan kasalliklarning birlamchi profilaktikasi, shuningdek, uzoq asoratlar (irsiy buzilishlar, onkologik kasalliklar) chastotasini pasaytirishning qudratli omili bo'ladi. Shu tariqa, yot yuklama sharoitlarida yashovchi va ishlovchi aholining katta guruhi uchun ishlab chiqarish va atrof-muhitning zararli omillari, shuningdek, kasalliklar rivojlanishi xavfi omillarining organizmga ta'sirining oldini olishga mo'ljallangan ovqatlanish - profilaktika (parhez) ovqatlanishini tashkil etish zarurligi aniq bo'ladi. ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.39 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.39 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx