Bachadon tanasi va endometriy patologiyasi Endometriy va miometriyda boshlanadigan patologik jarayonlar ginekologiyada asosiy o'rinni egallaydi. Bular juda ќar xil, shy munosabat bilan ularning asosiylari va ќammadan ko'p uchraydigan xillarini ko'rib chiљamiz, bular orasida echdometritlar, endo- metriozlar, disgormonal giperplastik jarayonlar va o'smalar aloќida o'rinni egallaydi. Endometrit Endometriy odatda infeksiyalarga chidamli bo'ladi. Shuning uchun endometriyning o'tkir yalliђlanishi aksari abort, tuђruљlardan keyin va yo'ldosh to'la tushib kyetmagan maќallarda boshlanadi. Kasallikning asosiy љo'zђatuvchilari streptokokklar va stafilokokklardir. Surunkali endometrit ko'proљ uchraydi, uning љo'zђatuvchilari xlamidiyalar, mikoplazma, toksoplazma, mikobakteriyalar, tsitomegalovirusdir. Bachadon ichiga љo'yiladigan spirallar ќam endometrit boshlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Chunki ularning uzoљ muddat bachadon ichida turishi ikkilamchi infeksiya љo'shilishiga yo'l ochadi. Endometritlar љo'zђatuvchisiing xiliga љarab spetsifik va nospetsifik xillarga bo'linadi. Nospetsifik endometritda shish paydo bo'lib, neytrofillar ustun turgan yalliђlanish infiltratsiyasi boshlanadi. Spetsifik endometrit uchun granulyomatoz yalliђlanish xarakterlidir. Surunkali yalliђlanishda endometriy bezlari proliferatsiyasi kuzatiladi va endometriy stromasi plazmatik ќujayralar bilan infiltrlanadi. Adenomioz va endometrioz Adenomioz endometriy bazal љatlamining miometriyga o'sib kirishi bilan ta'riflanadi. Bunda muskul tutamlari orasida endometriy stromasi yoki bezlaridan yoxud bularning ikkalasidan iborat uyalar yuzaga keladi, ularda љon va gemosiderin topilmaydi, bu ularning funksional faolligi yo'љligidan darak beradi. endometriy stromasi yoki bezlar paydo bo'ladi. Adenomiozda bachadon devori љalinlashib ketadi. Adenomioz klinik jiќatdan dismenoreya bilan, љorinning pastida oђriљ turishi va menorragiyalar bilan ta'riflanadi. Endometrioz bir muncha oђirroљ patologiya bo'lib, fertillik, dismenoreya bo'lishi, kichik chanoљda oђriљ turishi bilan birgalikda davom etib boradi. Turli organlarda tuzilishi va funksiyasi jiќatidan endometriyga o'xshab ketadigan to'љimalar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi. Genital va ekstragenital endometrioz tafovut љilinadi. Genital endometriozda bachadon, bachadon naylari, ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.7 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.7 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:46 ]
Arxiv ichida: docx