Bakterial ovqat toksikozlari Bakterial toksikozlar - bu ovqat zaharlanishlari guruhi bo'lib, tarkibida spetsifik mikroorganizmlarning rivojlanishi oqibatida to'plangan toksinlarning boshlang'ich dozalari mavjud mahsulotlarning tushishi bilan bog'liqdir. Ovqatda bakteriya-produtsentlar mavjudligining o'zi kasallik rivojlanishining omili bo'lavermaydi. Shu tariqa, mikrobli agentlarning oziq-ovqat mahsulotida to'planishi faqatgina toksinlarning ishlab chiqarilishini ta'minlaydi, issiqlik ishlovi yordamida bakteriyalarning keyingi yo'qotilishi esa ular tomonidan sintezlangan toksik birikmalar faolligini yo'qotmaydi. Shu tufayli ham bakterial toksikozlarning profilaktikasi nafaqat muvofiq mikroorganizmlarning oziq-ovqat mahsulotlariga tushishini bartaraf etishga, balki ovqat ishlab chiqarish va aylantirishda toksinlar paydo bo'lishi minimal darajada bo'lishini ta'minlashga qaratiladi. Bakterial toksikozlarga an'anaviy ravishda botulizm va stafilokokkli toksikoz kiritiladi. Ularga, shuningdek, Bacillus cereus tufayli kelib chiqadigan ovqat zaharlanishining toksikozsimon (qayt qiluvchi) shaklini ham kiritish lozim bo'ladi. Botulizm. Bu organizmga Clostridium botulinum ishlab chiqaradigan botulinli toksin (oqsilli neyrotoksin) tushishi bilan bog'liq bo'lgan og'ir kasallikdir. Clostridium botulinum spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalar toifasiga mansub bo'lib, atrofi-muhitdagi obyektlarda keng tarqalgandir. Clostridium botulinum ning ettita malum bo'lgan turlaridan to'rttasi: A, V, Ye va G' insonda kasallik paydo qiladi. Klostridiyalarning vegetativ shakli harorat 3 dan 50 ºS gacha va rN 4,7 9 gacha bo'lganida o'sishga qodir bo'ladi. Ular 80 ºS haroratda 15 daqiqada halok bo'lishadi. Clostridium botulinum sporalari tashqi ta'sirlarga nisbatan yuqori bardoshliligi bilan ajralib turadi: qaynatganda 1 soat davomida halok bo'lishmaydi, 10 daqiqa davomida 120 ºS haroratga bardosh berishadi va osh tuzi kontsentratsiyasi 8 % gacha bo'lganda ham o'saverishadi. Muhit rN 4,5 dan past bo'lgandagina sporalar vegetativ shaklga o'tmaydi. Aynan shu sababli ham konservalash sanoatida tayyor mahsulotning kislotaliligi 4,4 dan yuqori bo'lmasligi kerak. Botulotoksin oshqozonning nordon ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.16 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.16 KB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:47 ]
Arxiv ichida: docx