Baliq, baliq mahsulotlari va dengiz mahsulotlari Baliq va baliq mahsulotlari an'anaviy ravishda aholi ratsioniga kiritiladigan yuqori qiymatga ega bo'lgan ozuqa manbalaridir. Baliq yuqori ozuqaviy tavsifnomalarga ega bo'lib, o'zining biologik qiymati, hazmlanishi va so'rilishiga ko'ra boshqa hayvon mahsulotlaridan qolishmaydi. Baliqdan nisbatan kengroq foydalanish imkoniyatlarini pasaytiruvchi yagona ozuqaviy qiymat ko'rsatkichi - uning yuqori darajada tez me'daga tegishi bo'lib, bu baliq va uning mahsulotlarini kundalik ratsionga kiritishga imkon bermaydi. Ammo hatto haftasiga ikki-uch marta tavsiya etiluvchi miqdorda (quvvat sarflanishi 2800 kkal bo'lgan inson uchun ) ratsionga kiritilgan baliq ham organizmni to'laqonli oqsil (almashtirilmas aminokislotalar), almashtirilmas PTYoK (dengiz baliqlari yog'i), A, D va V guruhi vita'minlari, yod (dengizniki) va selen bilan ta'minlaydi. har xil baliq turlaridagi oqsil miqdori 14 dan 24 % gacha oraliqda bo'ladi (3.4-jadval). 3.4-jadval har xil baliq turlaridagi oqsil va yog' miqdori, % Baliq oqsili proteinlarning bir nechta fraksiyasi: ixtulin, albuminlar va fosforli nukleoproteidlardan iborat bo'ladi. Baliqda biriktiruvchi to'qimalar oqsillaridan faqat kollagen mavjud bo'ladi. Elastin butunlay yo'q. Baliqda biriktiruvchi to'qimalarning miqdori pastligi (3,5 % dan oshmaydi, vaholanki go'shtda bu ko'rsatkich 12 % gacha etadi), uning mushaklar massasida tekis taqsimlanganligi va elastin butunlay yo'qligi esa uncha yuqori bo'lmagan issiqlik ishlovi berilganda ham tezgina tayyor bo'lishini va yuqori darajada hazmlanishini ta'minlaydi. Baliq oqsillari metionin va tsistein darajasi yuqori bo'lishi va oksiprolin umuman yo'qligi bilan ajralib turadi. Yog' miqdoriga qarab, baliqni yog'siz (yog'i 4 % gacha), o'rtacha yog'li (4 8 %) va yog'li (8 % dan oshiq) turlarga bo'linadi. Baliq yog'ining lipidli tarkibi hayvon yog'lari uchun noyob bo'lgan o'ziga xoslikka ega: undagi MTYoK ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
135.4 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 00:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
135.4 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 00:47 ]
Arxiv ichida: docx