Bo'g'im va pay kasalliklari

Bo'g'im va pay kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bo'g'im va pay kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotlar: 1. 497 - 547; 3. 143 - 150; 4. 76 - 85, 181 - 185, 186 - 201; 5. 78 - 80 b. Tayanch iboralar: artritlar. Distorzio. Bo'g'im chiqishlari. Bo'g'im yuzalarining o'zaro siljishi. Retsidiv. Immobilizasiya qilish. Gemartroz. Artrolitlar. Bo'g'im punksiyasi. Yiringli sinovit. Paraartikulyar to'qimalar. Bo'g'im tog'aylari. Yiringli artrit. Tog'ayning yemirilishi. Ekzostozlar. Artrogenli sepsis. Uzura. Panartrit. Tendinit va tendovaginitlar. Pay zo'riqishi va uzilishi. Qontraktura. Tenotomiya. Tik tuyoq. Taxtakachlar. Antibiotik kukunlar va emulsiyalar. 1. Bo'g'im kasalliklari. 1. 1. Bo'g'im kasalliklarining hilma - hilligi va ularning bir - biriga o'xshashligi tashxis qo'yishni ancha qiyinlashtiradi. Ammo ular orasida farqi albatta mavjud. K.I. Shakalov bo'g'im kasalliklarining tasnifini to'laroq beradi: Yopiq travmatik o'tkir va surunkali aseptik kasalliklar - urib olish, cho'zilish, chiqib qolish, gemartroz, sinovit, fibrozit, periartrit va qontrakturalar. Bo'g'im jarohatlari. Yiringli o'tkir va surunkali kasalliklar - kapsulyar flegmona, artrit, osteoartrit, paraartikulyar flegmona, chirituvchi artrit. Spetsifik o'tkir va surunkali artritlar - brutsellezli, revmatizm, paratifozli. Surunkali ekssudatsiz kasalliklar - osteoartrit, artroz. 1.2. Bo'g'imlarning lat yeyishi (contusio articuli) hayvonlarda keng uchraydi. U bo'g'imning yumshoq to'qimalari, kapsulasi va atrof to'qimalarga bevosita va bilvosita mexanik ta'siridan kelib chiqadi. Bo'g'imlarning lat yeyilishida bo'g'im kapsulasi qon tomirlarining yorilishidan kelib chiqadigan tez rivojlanadigan qon quyilishi (gemartroz) hosil bo'ladi. Tomirlardan chiqqan qon sinovial suyuqliq bilan aralashadi, bir qismi esa bo'g'im kapsulasining fibroz va sinovial qavatlari orasiga kirib boradi. Keyinchalik ivigan qon laxtalari sinovial pardaga cho'kadi, qolgan qismi esa bo'g'im bo'shligida erkin joylashadi. Laxtalarning bir qismi so'rilib ketadi, qolgani esa biriktiruvchi to'qimaga aylanib, sinovial pardani qalinlashtiradi, yoki artrolitlarga (gurunch tanachalari) aylanadi. Zich artrolitlar bo'g'im ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.21 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.21 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga