Bolalar ovqatlanishi

Bolalar ovqatlanishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Bolalar ovqatlanishi - rasmi

Material tavsifi

Bolalar ovqatlanishi Bolalar ovqatlanishining fiziologik me'yorlari ularning yoshlariga bog'liq holda hisoblangan (5.5-jadval). Hozirgi vaqtda bolalarning sakkizta yosh guruhlari ajratiladi, ularning ovqatlanishi esa quvvatiy qiymati va 25 ta nutrientlar bo'yicha me'yorlanadi. Qo'shimcha ravishda olti yoshdagi o'quvchilar guruhi ajratiladi, 11 yoshdan boshlab esa ovqatlanish me'yorlarining jinsiy darajalanishi kiritiladi. Chaqaloqlar hayotining birinchi yilidagi ovqatlanish nisbatan kattaroq yoshdagi bolalar ovqatlanishidan mikronutrientlar borasida salmoqli farq qiladi: 6 oygacha ratsiondagi asosiy quvvat ulushini yog'lar tashkil etadi (ratsion quvvatiy qiymatining 79 45 %). Bola hayotining birinchi yili oxirlab qolgandagina oqsillar, yog'lar va uglevodlar nisbati katta yoshli organizmning ehtyojlariga nisbatan yaqinroq proportsiyaga keladi (14 : 31 : 55). 5.5-jadval Turli yosh guruhlaridagi bola aholining ozuqa moddalari va quvvatga bo'lgan fiziologik ehtiyojining sutkalik me'yori (5.5-jadvalning davomi) 1 Bolalar hayotining birinchi yilida quvvatga, oqsilga, yog'larga va uglevodlarga bo'lgan ehtiyoji tana massasining gkg hisobida berilgan; 2 linol kislotasiga bo'lgan ehtiyoj (tana massasining gkg hisobida); 3 istemolning xavfsiz darajasi -- Bolalar ovqatlanishining fiziologik me'yorlarini bajarish uning ratsionalligini ta'minlash, bolaning uyg'un o'sishi va rivojlanishining zaruriy sharti bo'lib, uning immunitetini va yashash muhitining zararli omillariga nisbatan moslasha olish imkoniyatlarini oshiradi. Ovqatlanishni tashkil etish bola hayotining birinchi yilida va go'daklik yoshida (uch yoshgacha) alohida etiborni talab qiladi. Ko'krak suti bilan emizib boqishni tashviqot qilishga qaratilgan majmuaviy tibbiy va ijtimoiy tadbirlarni o'tkazish lozim. Ona suti boladagi modda almashinuvining o'ziga xosliklariga to'liq mos keladi va uning hayotini 4 oyi mobaynidagi ovqatlanish ratsionining eng to'laqonli mahsuloti hisoblanadi. Ko'krak suti bilan (tabiiy) ovqatlantirish bolaning o'sishiga, rivojlanishiga, immunologik rezistentligiga, aqliy potentsialiga, fel-atvori va ruhiy reaksiyalariga, zakovatiga ijobiy ta'sir qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 224.05 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 00:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 224.05 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga