Buyrak parenximasining surunkali yallig'lanish sindromi Buyrak parenximasining surunkali yallig'lanish sindromi (SGN). SGN - uzoq davom etuvchi, aktiv, buyrak kasalligining ikki yoqlama diffo'z aktiv immunologik yalliqlanishi bo'lib, natijada koptokchalarning o'limiga olib keladi. Bunday o'zgarishlar esa buyrak faoliyatining pasayishi, arterial gipertoniyaning rivojlanishi buyrakning qovjirashi va buyrakning surunkali yetishmovchiligiga olib keladi. Etiologiya: ko'p hollarda SGN davolanmasagan tuqri o'tkir glomerulonefritning oqibatida kelib chiqadi. Bunda makroorganizmning surunkali zaharlanishi autoimmun o'zgarishlaryo'zaga keladi. Klinika. SGN ning yetakchi simptomlaridan: shish, buyrak gipertoniyasi, siydik va buyrak faoliyatining bo'zilishi. hozirgi vaqtda XGNning quyidagi klinik turlari: 1) nefrotik (albuminuriya, shishlar); 2) gipertonik turi; 3) aralash; 4) latent. Nefrotik turi: siydikda oqsil miqdorining (giperproteinuriya) ko'pligi bilan xarakterlanadi, plazmada oqsil miqdorining kamayishi (gipoproteinemiya), holesterin ko'payishi(giperholesterinemiya) (18-25 mmoll) va umumiy shishlar, yo'zda, teri osti qavatida, xatto og'iz bo'shliqida ham total shishlar paydo bo'ladi. Buyrakda yalliqlanish belgilari paydo bo'lishi mumkin: buyrakning filtrlash funksiyalarining susayishi, arterial qon bosimining kutarilishi ko'zatiladi. Gipertonik turi: Bunda arterial gipertoniya uzoq davom etuvchi sindrom Bo'lib, siydik va shish sindromlari kam darajada ko'zatiladi. EKGda chap qorincha gipertrofiyasi belgilari paydo bo'ladi. Yurak auskultasiyasida 1 tonning yuqori, baland eshitilishi va aortada 2 ton aksenti eshitiladi. Turqun diastolik bosim juda ham xarakterli belgi hisoblanadi. Okulist kuruvida ko'z tubining sust neyroretinit ko'rinishi arteriyalarning torayishi bilan bog'liq. Aralash forma: Bu formada ham nefritik, ham gipertonik formalar ko'zatiladi. Bu og'ir forma hisoblanadi. Latent kechuvchi turida: klinik belgilar bulmasdan faqat arterial qon bosim 130100, 200120 bo'lishi bemor shikoyatisiz aniqlanadi, siydik sindromining sust ko'rinishi bilan ifodalanadi. SBEning terminal formasi: SBEning uremiya ko'rinishida kechadi. Uremiya-Buyrak faoliyati bo'zilishi tufayli organizmning siydik bilan ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.03 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.03 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:23 ]
Arxiv ichida: docx