Chap qorincha o'tkir yetishmovchiligining simptomlari Bu chap qorincha miokardi qisqarish funksiyasining keskin susayishi va yurak astmasi hamda o'pka shishi natijasida yo'zaga keladi. Yurak astmasi xuruji, odatda, kechasi, bo'qilish va quruq yo'tal bilan namoyon bo'ladi. Bemorlar boshni balandroq ko'tarib yoki oyoqni osiltirib utirishga majbur bo'ladilar. Terida sianotik soyali rangsiz holat ko'zatilib, nafas olish qiyinlashadi, quruq xushtaksimon xirillashlar ham paydo bo'lishi mumkin. Agar yurak astmasi o'pka shishishi bilan og'irlashsa, unda bemorning ahvoli yomonlashadi, buqilish kuchayib, ko'piksimon och pushti (qonli) balg'amli yo'tal paydo bo'ladi. Auskultasiyada o'pkada jarangsiz, past-baland, nam xirillashlar, baland quruq xirillashlar eshitiladi. Yo'zning sianozi kuchaya boradi. Tomir urishi tezlashadi, qon bosimi pasayib ketadi, bo'yin venalari bo'rtadi. Hamshira tashxisi: quruq yo'tal, so'ngra ko'piksimon balg'amli yo'tal, bo'g'ilish, holsizlik, sianoz. Tez yordam: bemorni tinchlantirish, ruhiy va jismoniy tinchlik, bemorning boshini baland qilib quyish. Oyoq-qo'llarni 20-30 daqiqaga jgut bilan boqlash yoki 300-400 ml qon olish mumkin. qora terga botmaslik uchun Bobrov apparatida spirt bilan oksigenoterapiya olib borish kerak. Bu holatda nafas markazi funksiyasining susaytirish uchun morfinning 1 foizli eritmasini 1 ml dan va atropinni 0,1foizli eritmasini 0,5 ml dan teri ostiga yuborish kerak. O'ng qorincha yetishmovchiligi O'ng qorincha o'tkir yetishmovchiligi simptomlari astmatik holatda, total va subtotal zotiljamda va o'pka arteriyasining emboliyasida kuzatiladi. Bu holat shiddatli kechadi va o'limga olib keladi. O'pka arteriyasi emboliyasida ko'krak ortidagi qattiq og'riqdan paydo bo'ladi, nafas siqish, quruq yo'tal, bosh, bo'yin, yelka sianozida yaqqol ko'rinadi. Yurak eshitilganda o'pka arteriyasi tepasidagi II ton aksenti, o'pkada quruq xushtaksimon xirillash eshitiladi. Hamshira tashxisi: nafas siqish, quruq yo'tal, bosh va yelka sianozi, taxikardiya. Tez yordam: ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.38 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.38 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: docx