Dukkaklilar Dukkaklilarga hamma joyda ovqatlanishda keng qo'llaniladigan turli-tuman mahsulotlar kiradi. Tarixan shunday bo'lganki, ular Osiyo hududida ratsionga keng kiritilgan va O'rta Yevropaovqatlanishida kamroq qo'llanilgan. Dukkaklilar guruhiga dukkaklilarning o'zi (har xil turlari), no'xat, loviya, yosmiq, soya, nut, mosh, burchoq, shuningdek, eryong'oq kiradi, ammo an'anaga ko'ra istemol darajasida u yong'oq sifatida qaraladi. Dukkakli o'simliklarning nutrientlari tarkibi quyidagilarning o'rtacha mavjudligi bilan ifodalanadi, %: oqsil - 20 24; yog' - 2 4; kraxmal - 38 44; ovqat tolalari - 6 12; temir - 3 11 mg%. Soyadagi oqsil - 35 %, yog' - 17 %, ovqat tolalari - 10,5 %, temir - 15 mg%, kraxmal darajasi kam bo'lganda - 3,5 % bo'ladi. O'simlik mahsulotlari orasida dukkaklilardagi oqsillar eng ko'p biologik qiymatga ega bo'lib, almashtirilmas aminokislotalar (asosan, oltingugurtlilar)ning muvozanatlashganligi va so'rilishi borasidagina hayvon oqsillaridan ortda qoladi. Yog'li tarkibiy qism PTYoKning miqdori yuqoriligi va tokoferollar summasi bilan ajralib turadi. Dukkaklilar, shuningdek, folatlar, temir, kaliy, magniyning yaxshi ozuqa manbai sifatida qaralishi mumkin. O'rta Yevroparatsionida no'xat va loviya ko'proq tabiiy holatda ratsionga kiriladi. Dukkaklilarning ovqatlanishda qo'llanilishini ularning hazmlanishi va so'rilishi pastligi qiyinlashtiradi, ularga qo'shimcha pazandalik ishlovi berilishi (masalan, no'xat va loviya) uzoq muddatli fermentlash yoki chuqur texnologik qayta ishlov (soya uchun) natijasida amalga oshirilishi mumkin. Hozirgi vaqtda soya yuqori texnologiyali sanoat ishlovidan keyin oqsilli mahsulotlar (soya uni va uning teksturaviy shakllari, soya oqsilining izolyati va gidrolizati) ko'rinishida kolbasa mahsulotlari, go'shtli va baliqli yarim tayyor mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari singari aralash retsepturalarning tarkibiy qismi sifatida foydalanilishi mumkin. Ovqatlanishda soyaning qayta ishlangan mahsulotlaridan quyidagilar ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.98 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.98 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: docx