Ekstremal holatlar, klinik o'limda yordam

Ekstremal holatlar, klinik o'limda yordam

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ekstremal holatlar, klinik o'limda yordam - rasmi

Material tavsifi

Ekstremal holatlar (klinik o'lim)da yordam ko'rsatish Tanglik (terminal) holat - inson hayotidagi, sog'lig'iga xavf soluvchi, butun bir a'zolar majmuasidagi, nafas olish, qon aylanish doiralaridagi keskin o'zgarish va moddalar almashinuvining buzilishidir. Qon aylanish doirasining, nafas olish va yurak urishining to'xtashi klinik o'lim nomi bilan tavsiflanadi. Tanglik holatining turlari: 1) agoniya oldi; 2) agoniya; 3) klinik o'lim. Agoniya oldi holati umumiy karaxtlik, hushni yo'qotish, qon bosimining tushib ketishi, tomir urishining uyqu va son arteriyalaridan tashqari boshqa tomirlarda aniqlanmasligi, nafas buzilishlari yuzaki nafas bilan cheklanib, teri va shilliq pardalarining ko'karib oqarishi kabilar bilan ifodalanadi. Agoniya holatidagi bemorlar hushida bo'lmay, periferik tomirlarda tomir urishi aniqlanmaydi, uyqu va son arteriyalarida puls juda qiyinchilik bilan aniqlanadi, ko'z qorachig'i yorug'likka javob bermaydi. Auskultatsiya vaqtida yurak tonlari keskin bo'g'iq eshitiladi. Klinik o'lim bosh miya, qon aylanish doirasi va nafas a'zolari faoliyatining butkul to'xtashi bilan ifodalanadi. Yurak urishi va nafas olishning to'xtashi bilan umumiy moddalar almashinuvi susayib, ular butkul o'z faoliyatini tamomlamaydi. Shu sababli klinik o'lim tiklanuvchi holat hisoblanib, bosh miyaning tiklanishishiga hali fursat borligidan dalolat beradi (26-rasm). Biologik o'lim - yuqoridagi najot beruvchi holatning butkul to'xtaganligidan dalolat beradi. Biologik o'limni tavsiflovchi asosiy belgilaridan bo'lgan murda dog'lari va muskullarning taxtasimon zichlashishini kuzatish mumkin. O'limning oxirgi bosqichida uchlamchi belgilar paydo bo'ladi. Bular yurak urishining to'xtashi, nafas va hushning butkul yo'qolishidir. Bu holatlarning qay darajada rivojlanishiga qaramasdan, tiklovchi- reanimatsion muolajalar davomiyligini to'xtatish qonunga mutlaq ziddir. Yurakning to'xtash holatlarini ikkita sababga bog'lash mumkin: - kardiogen (yurakka bog'liq) sabablar; - yurakka bog'liq bo'lmagan sabablar. Kardiogen (yurakka bog'liq) - miokard infarqti, yurak ritmining buzilishi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga