Favqulodda holatlar (yer qimirlashi, suv toshqini, o'pirilish va bosib qolish)da birinchi tibbiy yordam ko'rsatish xususiyatlari Ko'p insonlarning o'limida asosiy sabablardan biri tabiiy ofatlar hisoblanadi. Hozirgi kunlarda u yoki bu tabiiy ofatlarning qachon bo'lishini bashorat qilish mumkin emas, ammo xavfi yuqori bo'lgan mintaqalarni bilish mumkin. Zilzila va yog'ingarchilik xavfi yuqori bo'lgan mintaqalar mavjud. Yer qimirlashi natijasida katta issiqlik uzatuvchi tarmoqlar, kollektorlar, elektrostansiyalar va boshqalarning ishdan chiqishi hamda xavfli yong'inlarning sodir bo'lishi og'ir kuyish va zaharlanishlarga ham olib keladi. Yer qimirlashi qishloq aholisiga nisbatan shahar aholisiga va turar joylarga katta talafot yetkazishi mumkin. Tabiiy ofat bo'lgan mintaqalarda industrial obyektlar qancha ko'p bo'lsa, xavf shuncha yuqori va vujudga kelgan holat murakkab bo'ladi. Zilzila vaqtida yuzaga keladigan jarohat shikastlantiruvchi agentning ta'sir qilish tezligi, kuchi, davomiyligi, ta'sir qilish joyi va jarohatlanganning yoshiga bog'liq bo'ladi. Shikastlanishning jarohatlanish mexanizmiga qarab quyidagi turlari kuzatiladi: zarbali, kompression va aralash. Zarbali shikastlanish ta'sirida uning ta'sir kuchiga bog'liq bo'lgan har xil og'irlikdagi - miya chayqalishidan tortib, bosh miyaning og'ir jarohatlanishigacha bo'lishi mumkin. Jarohat olgandan so'ng hush va xotirani yo'qotish holatlari kuzatilgan. Zarba tekkan joyda yumshoq to'qimalarning shikastlanishi, har xil sinishlar ham aniqlanishi mumkin. Kompression (bosib qolish) mexanizmi ta'sirida (bino va qurilish bo'laklari va boshqa jihozlar bilan ko'p kuzatilgan) jarohatlovchi kuch katta bo'lmaydi. Bunda kam hollarda suyaklarning sinishi va deformatsiyaga uchrashi aniqlanishi mumkin. Aralash mexanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat organlari, bosh suyagi, miya to'qimasining jarohatlanishi bilan birga, tana sohalarining yuk ta'sirida ezilishi ham kuzatiladi. Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati kommotsion-kontuzion sindrom ko'rinishidagi organizmning o'ziga xos belgisi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.94 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.94 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: docx