Funksional oziq-ovqat mahsulotlari Ovqatlanishning sog'lom va xasta insonlar organizmiga butunlay va qisman ta'sir qo'rsatishi aniqligi haqidagi ishonchli ilmiy ma'lumotlar yig'ilib qolganligi so'nggi yillarda ovqatlanish haqidagi fanning yangi - funksional oziq-ovqat mahsulotlarining profilaktikaviy va klinik samaralarini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan yo'nalishlari shakllanishiga olib keldi. Funksional oziq-ovqat mahsulotlari odatdagi nutrientlar ko'magi (yani, ularni tanqis nutrientlar bilan shunchaki boyitib qo'ya qolish samarasi)siz ham organizmning bir yoki bir necha fiziologik funksiyalariga ta'sir etish natijasida salomatlik darajasini oshirish va kasallanishlar xavfini pasaytirish xususiyatiga egaligi bilan ifodalanadi. Funksional mahsulotlarga, odatda, aniq belgilangan vazifalar bilan ishlab chiqilgan murakkab (kombinatsiyalangan) retsepturalar mansub bo'ladi. Funksional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratishning asosiy usullari quyidagilardir: 1) alohida olinuvchi nutrientlar (vita'minlar, minerallar) va boshqa tarkibiy qismlar (probiotiklar, biologik faol birikmalar) bilan boyitish; 2) boshqa oziq-ovqat xom-ashyosidan ajratib olingan yoki separatorda olingan tarkibiy qismlar (eruvchan va erimaydigan ovqat tolalari, sterinlar, fosfolipidlar) bilan boyitish, manfiy alimentar potentsialli tarkibiy qism (xolesterin, fitat) larni ajratib tashlash. Funksional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish istiqboli hozirgi zamon tibbiyotining eng dolzarb muammolari - yurak-qon tomirlari va saraton kasalliklari, semizlik, qandli diabet, osteoporoz, anemiyaning birlamchi alimentar profilaktikasi yechim topishi bilan bog'liqdir. Funksional mahsulotlar, shuningdek, organizmning eng muhim - antioksidantlik, immun, gomeostatik funksiyalarini regulyatsiyalashning alimentar darajasini ta'minlashga qaratiladiki, bularning buzilishi himoyalovchi-moslashtiruvchi mexanizmlar zaiflashishiga va kasallik holatlari paydo bo'lishiga olib keladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini korreksiyalash rejasida ovqat tolalari, yog' kislotalari, uglevodlar, pro- va prebiotiklar, antioksidantlar, vita'minlar, mineral moddalar va ularning xom-ashyo ko'rinishidagi manbalariga alohida etibor qaratiladi. Hozirgi vaqtda inson hayoti va inson fiziologiyasi sohalarida alimentar regulyatsiyaning ahamiyatli daraja va imkoniyatlarga ega bir necha davrlari ajratiladi: bola ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.29 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.29 KB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:48 ]
Arxiv ichida: docx