hamshiralik ishida hamshiraning etikasi va deontologiyasi. Shaxslararo muloqot ko'nikmalari. Reja: 1.Kasb etikasi , hamshiraning axloqiy , estetik va intellektual xususiyatlari . 2. Yetikaga xos tushunchalar va hamshiraning vazifalari. 3. Hamshiraning deontologik xatti- harakatlari asoslari. 4. Hamshiralik ishida muloqot Tibbiyot hamshirasi mutaxassis hisoblanib, mijozlar bilan bevosita muloqotda bo'ladi. Bemorlarga ginekologik xizmatni ado etishda o'rta tibbiyot xodimining o'ziga xos o'rni bo'lib, aksariyat kechiktirib bo'lmaydigan holatlarda birinchi yordam ko'rsatish, o'tkazilgan amaliyot muolajalaridan so'ng tayinlangan zarur muolajalarni o'z vaqtida, to'g'ri bajarish hamshiralar tomonidan amalga oshiriladi. Bemorni qabul qilish, operatsiyaga tayyorlash, zarur tahlillar o'z vaqtida olish, diagnostik tekshiruv muolajalariga tayyorlash, operatsiyadan keyingi davrda bemorni oqilona parvarishi ginekologiya yo'nalishida davolashning asosini tashkil qiladi. Tibbiyot hamshirasi zikr etilgan bosqichlarning barchasida faol ishtirok etadi. Vrachning eng yaqin yordamchisi sifatida hamshira buyurilgan muolajalarni sidqidildan va to'la-to'kis bajarishi, bemorlarga mehribon va g'amxo'r bo'lmog'i zarur. U kasbiy xulq - atvorga, fazilatga va xislatlarga bo'lgan talablarga javob berishi kerak. Ushbu talablar ichiga etika va deontologiya qoidalariga rioya qilishi xam kiradi. Etika bu yunoncha - aethoc degan so'zdan kelib chiqqan bo'lib, yurish-turish, axloq degan manolarni anglatadi. axloq deganda kishilarning bir-biriga munosabatini, shuningdek, jamiyatga, muayyan sinfga, davlatga, vatanga, oilaga va hoka'zolarga bo'lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e'tiqodi, butun jamiyat va yoki sinfning kuchi bilan qo'llab quvvatlanadigan qoidalar va xulq-atvor normalari majmuini tushunish qabul qilingan. Sodda qilib aytganda - axloq xulq-atvor normalarining yig'indisidir. Tibbiy etikani yuzaga kelishi juda qadimga taqaladi, hattoki xindlarning «Ayuveda» Hayot bilimi kitobida yaxshilik va adolat muammolari bilan bir qatorda shifokorga rahmdil, hayrixoh, adolatli, sabr toqatli, osoyishta va xech qachon ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.55 KB
Ko'rishlar soni
379 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.55 KB
Ko'rishlar soni
379 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:59 ]
Arxiv ichida: doc