hamshiralik jarayoni haqida tushuncha. hamshiralik jarayoni atamasi 1955-yilda amerikalik Lidney Xolt tomonidan kiritilgan. 1966 yilda V.Xenderson hamshiralik jarayonini umumlashtirib, uning vazifalari va faoliyatining mezonlarini ishlab chikkan. hamshiralik jarayoni hamshiralik ishini o'z ichiga kamrab olgan zamonaviy tushuncha hisoblanadi. U bemordagi kasallik tufayli yuzaga kelgan jismoniy, psixologik, ijtimoiy o'zgarishlarni bartaraf qilishga qaratilgan davo muolajalari va tadbirlarini tashkillashtirishdan iborat bo'lgan bir necha muammolarni o'z ichiga oladi. hamshiralik jarayonining maqsadi bemor sogligini tiklash, uning organizmini quvvatlantirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o'z vaqtida bajarishdir. hamshiralik jarayoni hamshiradan fakat bemorni parvarishda yaxshi texnik tayyorgarlikni talab kilmaydi, balki hamshira bu jarayonda o'z bilimini xam tulik namayon eta olishi zarur. hamshiralik jarayoni 5 ta asosiy bosqichdan iborat: 1. hamshiralik tekshiruvini o'tkazish va bemorning sogligi haqidagi ma'lumotlarni yigish. Bu ish subyektiv va obyektiv usullarda olib boriladi. subyektiv usulda - bemordan fiziologik, psixologik, ijtimoiy atrof-muhit haqidagi ma'lumotlar yigiladi, uning shu davrgacha bo'lgan tibbiy tekshirish to'g'risidagi ma'lumotlari bilan tanishiladi. obyektiv usulda - bemorning fiziologik holati tekshirilib, kasallikka oid ma'lumotlar (tashqi ko'rinishi, ahvoli, urindlagi holati, teri va shillik pardalarining rangi, holati va x.k.) kayd kilinadi. Bemorning buyi va ogirligi, harorati, pulsi va AKB ulchanib hujjatlaridagi va kasallik tarixi tuldiriladi. Kasallik tarixi hamshiraning mustaqil kasbiy yuridik hujjati hisoblanadi. 2. Bemordagi mavjud muammolar asosida hamshiralik tashxisini kuyish. Bemordagi muammolar mavjud va kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolarga bulinadi. Masalan, bemor ichagidan kon ketish holati hamshiralik tashxisini kuyish uchun muammo bulsa, uning oqibati keyi nchalik gemorragik shokka aylanishi bemorda xali yuzaga chikmagan, ammo vaqt utishi bilan paydo bo'lishi mumkin bo'lgan holat deb baholanadi. Bunday xollarda kon kusish, ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
441 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
441 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:59 ]
Arxiv ichida: docx