Hazm tizimi va asab tizimi anatomiyasi fiziologiyasi va funksiyasilari to'g'risida ma'lumot. Reja: 1. Hazm tizimi anatomiyasi va fiziologiyasi. 2. me'da, jigar, va o't pufagi haqida ma'lumot. 3. Asab (nerv) tizimi anatomiyasi va fiziologiyasi. 4. Markaziy nerv tizimi tuzilishi haqida ma'lumot. 5. Vegetativ nerv sistemasi haqida ma'lumot. Ichki organlarga ko'krak, qorin va chanoq bo'shliqlarida joylashgan organlar kiradi. Ichki organlar bajaradigan ishiga qarab, alohida sistemalarga ajratiladi: hazm qilish, nafas olish, siydik ajratish va tanosil organlari. Hazm sistemasi og'iz bo'shlig'i, qizilo'ngach, oshqozon, o'n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak va yo'g'on ichaklar hamda oshqozonosti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan. Hazm organlari qorin va ko'krak bo'shliqlarida joylashgan. Ovqatning hazm qilish sistemasida 1 sutkada parchalanishi uchun 10 litr suyuqlik kerak: 1,5 litr so'lak, 2,5 litr me'da shirasi, 1 litr me'daosti bezi shirasi, 1,5-2 litr istemol qilingan suyuqlik, 1-2 litr jigar o'ti, 2,5 litr ichak shiralari. Ovqat moddalari dastlab og'iz bo'shlig'ida mexanik va kimyoviy o'zgarishga uchraydi. Ovqat moddasi og'iz bo'shlig'ida 15-20 sekund davomida chaynash yo'li bilan maydalanadi. So'lak bilan aralashib yutishga tayyorlanadi. So'lak og'iz bo'shlig'ida joylashgan bezlardan: tilosti, quloqoldi va jag'osti bezlaridan ajraladi. Uning tarkibida amilaza va maltaza fermentlari bo'Iib, ular ovqat tarkibidagi uglevodlarni qisman parchalaydi. Mutsin esa sal yopishqoq bo'Iib, ovqatni yumaloqlab, yutishga tayyorlaydi. So'ngra halqum va qizilo'ngachdan o'tib me'daga tushadi. Ovqat og'iz bo'shlig'idan me'daga suyuq bo'lsa 2-3 sekundda, qattiq bo'lsa 6-8 sekundda tushadi. me'da noksimon shaklga ega bo'lib, qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Uning kirish - kordial, chiqish - pilorik qismi bor. me'daning devori: seroz, serozosti, muskul, shilliq va shilliqosti qavati ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:01 ]
Arxiv ichida: doc