Homilador va emizikli ayollar ovqatlanishi

Homilador va emizikli ayollar ovqatlanishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Homilador va emizikli ayollar ovqatlanishi - rasmi

Material tavsifi

Homilador va emizikli ayollar ovqatlanishi Ratsional ovqatlanish homiladorlikning ijobiy kechishi, homilaning rivojlanishi, tug'ruq jarayoni va chaqaloq salomatligining muhim shartidir. Homiladorlikning birinchi yarmida ayollarning ovqatlanishi makronutrientlar soni bo'yicha uning homiladorlikkacha bo'lgan ovqatlanishidan farq qilmasligi lozim. Bunda organogenez (homiladorlikning birinchi trimestri) davri uchun ratsionning ozuqaviy va biologik qiymati qanchalar muhimligini hisobga olgan holda, har kuni to'laqonli oqsil va mikronutrientlar optimal fiziologik miqdorlarda tushib turishi ta'minlanishi shart. Homiladorlikning ikkinchi yarmida (5 oydan keyin) homilaning, platsentaning, sut bezlarining, bachadonning vazni oshishi tufayli ham qariyb barcha nutrientlarga bo'lgan talab oshadi (5.7-jadval). Ayni paytda quvvat sarflanishi quvvat istemoliga mos bo'lishini qatiy nazorat qilish zarur. Tana massasi indeksini butun homiladorlik davri mobaynida 25 ko'rsatkichi atrofida saqlash zarur. Masalan, bo'y bo'lgan paytda tana vazni qo'shilishi 55 dan 64 kilogrammgacha ortishi mumkin. Homiladorlikning ikkinchi yarmida tana vaznining qo'shilishi haftasiga 300 350 g.dan oshmasligi lozim. 5.7-jadval Ayollar (jismoniy faollik koeffitsiyenti 1,4), shuningdek, homilador va emizikli ayollarning ozuqa moddalari va quvvatga bo'lgan fiziologik ehtiyojining sutkalik me'yori (5.7-jadvalning davomi) * Istemolning xavfsiz darajasi Homiladorlikning ikkinchi trimestridan boshlab uglevod (mono- va disaxarid)larni istemol qilishni cheklab qo'yish zarur, chunki uglevodlar miqdori va homilaning vazni orasida bevosita bog'liqlik borligi isbotlangan. Qand miqdori 40 50 gsut.dan oshmasligi lozim. Ratsiondagi o'simlik (kungaboqar, jo'xori, zaytun) yog'lari ulushini umumiy yog'lar miqdorining 40 % igacha oshirish kerak. Bunda ratsiondan qiyin eriydigan (qo'y va mol) yog'lari va margarin chiqarib tashlanadi. To'laqonli oqsilga bo'lgan ehtiyoj (barcha oqsillarning 55 % i) go'sht va baliq (25 %), sut va sut mahsulotlari (25 %) va tuxum (5 %) hisobidan qondirilishi kerak. Homiladorlarning kundalik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga