Kashandalik O'spirinlik - nozik davr. Bu davrda o'smirlar organizmida psixofiziologik o'zgarishlar, biokimyoviy jarayonlar jadallashgan palla bo'ladi. Endi mo'ylovi sabza urgan o'smir bolani hali kattalar qatoriga ham qo'shib bo'lmaydi. Ayni shu damlarda birdan ulg'ayib qolayotgan o'g'il-qizlar o'tish davrida o'z organizmida sodir bo'layotgan o'zgarishlar oldida biroz shoshib qolishadi. Shunda ularga kattalar yordami zarur. Ayniqsa, ota-ona bu borada farzandining eng yaqin sirdosh do'stiga aylanishi zarur. U bilan ochiqchasiga suhbatlashib, ko'ngliga yo'l topishning iloji bo'lmasa ota-ona o'smir o'g'il-qiziga o'spirinlik davri xususida tibbiy qollanmalar tavsiya etgani ma'qul. Maktabda esa psixolog yoki sinf rahbari (o'qituvchilar) o'z jinsi vakillari bilan alohida-alohida suhbat qurishi shart. O'tish davrida o'smir yigit-qizlar o'z organizmida kechayotgan jarayonlar xususida ishongan va o'ziga yaqin olgan kattalardan kerakli yordam va ma'lumotni olmasalar ularga ko'chadagi begonalar yordam qo'lini cho'zadi. Ammo bu beg'araz yordamchilar ba'zan o'smirlarni tezroq kattalar olamiga oshno etish uchun sigaretalar, ba'zan undan ham battari nasha kabi miyani zaharlovchi, xumor qiluvchi vositalardan foydalanishlari mumkin. O'z vaqtida farzandiga e'tibor bergan ota-ona uni ko'chaning yomon ta'siridan asrab qolishi mumkin. Chekuvchi insonlarning o'pkasi kichrayib, bujmayib, zich holatda qorayib, qotib qoladi va bu ikki a'zo o'z vazifasini ado etolmay qoladi, chekuvchi odamning ruhiy holatiga hech e'tibor berganmisiz?! U xumor tutgan payti asabiylasha boshlaydi. Qo'llari titrab, oyoq-qo'llarining doimo sovuqqotishi va boshi aylanishidan shikoyat qiladi. Rangi ro'yi ba'zan esa zahil yoki nosog'lom, to'q qoramtir tusda bo'ladi. Chunki, tamaki tutunida shu qadar ko'p zaharli moddalar borki, u nafaqat chekuvchining balki, uning atrofida o'tirgan odamlarning ham sog'lig'iga jiddiy zarar yetkazadi. Sababi, tamaki tutuni tarkibidagi 300 dan ziyod zaharli modda inson organizmining me'yorda faoliyat ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:21 ]
Arxiv ichida: docx