Markaziy nerv sistemasi o'smalari Markaziy nerv sistemasi (bosh va orqa miya) o'smalari juda katta guruhni tashkil etadi, chunki har xil va turli-tuman struktura elemenlaridan (har xil turdagi gliya, tomirlar, miya pardalaridan) kelib chiqadi. Љanday manbadan kelib chiqishiga qarab quyidagi o'smalar tafovut qilinadi: 1) neyroektodermal unumlaridan (astrotsit, ependima, oligo-dendrogliotsit, neyron, tomir chigalidan) kelib chiqadigan neyroektodermal o'smalar; 2) miya pardalari tomirlari to'qimalaridan paydo bo'ladigan meningo-tomir o'smalari; 3) aralash yoki bidermal o'smalar, bularning hujayralari ikkita embrional varaq - neyroektoderma bilan mezoderma unumlaridir; 4) metastatik o'smalar, bularning orasida rak metastazlari, ayniqsa bronxogen metastazlar va sut bezi rakining metastazlari ko'proq uchraydi. Bosh miyada rivojlanish nuqsonlariga aloqador bo'lgan geterotopik o'smalar (dermoid, keratoma, kraniofaringioma) paydo bo'lishi mumkin. Markaziy nerv sistemasi o'smalari yetuklik darajasiga qarab uch guruhga bo'linadi: etilgan, chala etilgan va etilmagan o'smalar. Biroq, o'smaning gistologik tuzilishi bilan biologik xossalari o'rtasida nomuvofiqlik bo'lishini takidlab o'tish kerak. Chunonchi, tuzilishi jihatidan xavfsiz deb hisoblanadigan o'sma juda ko'p hollarda xuddi xavfli o'sma bilan bir xil oqibatlarga olib boradi. Bu shunday o'smaning hayot uchun muhim tuzilmalar sohasida (masalan, nafas markazi joylashgan to'rtinchi qorincha tubi sohasida) yoki operatsiya yo'li bilan o'smani, olib tashlashning iloji yo'q sohada bo'lishiga (masalan, ependimoma) bog'liq. Neyroektodermal o'smalar Bularning hujayra tarkibi nerv sistemasining neyron va glial element-larining malum rivojlanish fazalariga to'g'ri keladi. Chunonchi, xavfli o'sma jumlasiga kiradigan medulloblastoma oddiy medullyar epiteliy hujayralari-dan (medulloblastlardan) tuzilgan bo'ladi. Astrotsitlardan astrotsitoma, anaplastik astrotsitoma, multiform glioblastoma paydo bo'ladi. Oligo-dendrogliotsitlar oligodendrogliomalarni, oligodendroglioblastomalarni paydo qiladi. Ependima hujayralari ependimoma va ependimoblastoma boshlanishiga manba bo'ladi. Tomir chigalidagi epitelial hujayralar xorioid-papilloma bilan xorioidkartsinoma paydo qiladi. Neyroektodermal o'smalar, ayniqsa ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.34 KB
Ko'rishlar soni
452 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.34 KB
Ko'rishlar soni
452 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:35 ]
Arxiv ichida: docx