Markaziy nerv tizimining tuzilishi, fiziologiyasi va yoshga xos xususiyatlari

Markaziy nerv tizimining tuzilishi, fiziologiyasi va yoshga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Markaziy nerv tizimining tuzilishi, fiziologiyasi va yoshga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Markaziy nerv tizimining tuzilishi, fiziologiyasi va yoshga xos xususiyatlari. ORQA MIYa. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalida birinchi bo'yin umo'rtasi bilan 2 bel umo'rtasi oralig'ida joylashgan bo'lib, uning vazni yangi tug'ilgan bolada 3,2 g, 6-oylikda 6 g, 1 yoshda 10 g, 2-5 yoshda 12 g. 8-yoshda 19 g, kattalarda 30-40 g bo'ladi. Uzunligi bola tug'ilganida 13-15 sm, 2 yoshda 20 sm, 10 yoshda 28 sm, erkaklarda 45 sm, ayollarda 41-42 sm bo'ladi. Orqa miyada 13 miliondan ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko'ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo'ladi. Kulrang moddaning oldingi, yon va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan arakat nervlari chiqadi. Oradagi shoxda sezuvchi neyronlar bo'ladi, ularga sezuvchi, yani markazga intiluvchi nervlar kiradi. Yon shohlari esa vegetativ reflekslarni boshqaruvchi tolalarni chiqaradi. Orqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o'sishi harakat faoliyatining murakkabligi bilan paralel boradi. 2 yoshli bolalar orqa miyasi morfologik tuzilishi jihatdan katta odamlarnikiga juda yain bo'ladi. Yoshning oshib borishi orqa miya oldingi shoxlaridagi harakat hujayralarining soni oshadi. Balog'atga etish davriga kelib orqa miya 4-5 marta kattalashadi. Orqa miya reflektor va o'tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo'ladi. Orqa miyaning o'tkazuvchanlik vazifasi undagi ko'tariluvchi va tushuvchi o'tkazuvchi yog'llar orqali amalga oshadi. Orqa miyaning turli qismlaridan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. 8 jufti bo'yin qismidan, 12 jufti ko'krak qismdan, 5 jufti bel ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.88 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.88 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga