Mineral moddalar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati Mineral moddalar ovqatlanishning almashtirilmas omillariga kiradi hamda suv va ovqat bilan birga muayyan miqdorda muntazam organizmga tushib turishi kerak. Barcha mineral moddalar ularning organizmdagi miqdori va inson - atrofi olam tizimlaridagi ular almashinuvining miqdoriy tavsifnomalaridan kelib chiqqan holda shartli ravishda makroelementlar va mikroelementlarga bo'linadi (2.27-jadval). 2.27-jadval. Essentsial mineral moddalarni sinflashtirish va tavsiflash Makroelementlarga organizmdagi miqdoriy aylanma (miqdori, tushishi, chiqarib tashlanishi)si o'n va yuz grammlab o'lchanadigan moddalar kiradi. Ular ko'p jihatdan xuddi makronutrientlar (oqsillar, yog'lar va uglevodlar) kabi to'qimalar, a'zolar va tizimlarning yarlishida ishtirok etib, tananing tuzilmaviy tarkibiy qismlari bo'ladilar. Makroelementlar kislota-ishqor muvozanati saqlab turilishini ta'minlaydi: fosfor, xlor va oltingugurt kislotali potentsialga ega bo'lsa, kaliy, natriy, kaltsiy va magniy ishqorli valentlikni eltadi. Suv-tuzli (elektrolit) almashinuvining organizm va alohida hujayralar darajasidagi boshqaruvi osmotik potentsial yaratuvchilari bo'lgan natriy, xlor va kaliyning sharofati bilan amalga oshiriladi (illo, bunda oqsilli va nooqsilli tabiatga ega bo'lgan yirik molekulyar tarkibiy qismlar ham ishtirok etadilar). Natriy, kaliy, kaltsiy va magniy biomembranalar sathida potentsiallar turli-tumanligini yaratib, organizmdagi eng muhim fiziologik funksiyalar, yani asab impulslari yaratilishi va uzatilishi, mushaklar qisqarishi va bo'shashishi, transmembranalararo faol tashish kanallari ishi amalga oshirilishini ta'minlaydi. Mikroelementlar organizmda kam miqdorda (milligramm va mikrogramm) mavjud bo'lgan holda o'z fiziologik funksiyalarini amalga oshiradilar va fermentativ tizimlarning tarkibiy qismlari (kofaktorlar), hujayraviy mexanizmlarning hayotiy muhim genli va metabolik boshqaruvining omili sifatida o'ziga xos xususiyatli biologik vazifani bajaradilar. Ko'pgina mineral moddalar uchun ularning inson metabolizmidagi ishtirokining aniq mexanizmlari aniqlangan, ammo ko'pchiligi uchun bunaqangi ma'lumotlar yo'q. Shunga qaramay, biosferaning qariyb barcha elementlari inson organizmining hayotiy faoliyatiga ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
182.76 KB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
182.76 KB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:40 ]
Arxiv ichida: docx