Nafas a'zolari kasalliklari

Nafas a'zolari kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nafas a'zolari kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Nafas a'zolari kasalliklari jahon urushi tajribasi turli xil jarohatlar - o'pka va plevrada asorat qoldirishini kursatdi. Ularni o'rganish oson bo'lishi uchun 5 guruhga bo'linadi: 1. Pulmonitlar. 2. qon quyilishlar. 3. Atelektazlar. 4. Zotiljamlar. 5. Yiringlash jarayonlari (abssess, gangrenalar). Pulmonitlar deganda o'q tekkan joydagi shamollash belgilari tushuniladi. Odatda pulmonitlar biror bir belgisiz kechadi. Ayrim hollarda pulmonitlarning o'zi aloqida kasallik manbai (zotiljam, abssess va b. q.) bo'lishi mumkin. Bosh va ko'krak qafasi shikastlanganda o'pkaga qon quyilishi ko'proq kuzatiladi. O'pka jarohatlanganda o'q tekkan joylarga, ba'zan esa zararlanmagan joylarga qon quyilib, ayniqsa o'q tekkanda har ikkala o'pkada uncha katta bo'lmagan (1-3 santimetr hajmda) qon quyilgan joylar uchraydi. Ko'krak qafasi sohasida og'riq turishi, yo'tal tutishi, hansirash va qon tupurish o'pkaga qon quyilishi belgilari hisoblanadi. Qon tupurish o'pka jarohatlanishining aksariyat (99 %) hollarida jarohat olgan zahoti boshlanadi. Agar o'pkaga ko'p qon quyilgan bo'lsa, tupurish 7-10 kunlab cho'zilishi mumkin. O'pkaga qon quyilish belgilari ham, ko'pincha rentgen, ultratovush yordamida tekshirishlar orqali aniqlanadi. Lekin bu asbob uskunalar bilan jang maydonida foydalanib bo'lmagani sababli, yuqorida ko'rib o'tilgan tashqi belgilar kasallikni aniqlashda muhim o'rin tutadi. Bunday yaradorlar tekshirib ko'rilganda o'pkaning qon quyilgan joyi ustini barmoqlar bilan urib ko'rilsa, odatdagidan qisqa tovush eshitiladi, shu joy eshitib ko'rilsa, nafas pastligi seziladi. O'pkaning qaysi qismiga qon quyilganligini aniqlash uchun rentgen va ultratovush vositasidan foydalaniladi. Ba'zan o'pkaga qon quyilishi bexatar bo'lib, 2 hafta ichida surilib, bitib ketadi. Ko'pchilik hollarda o'pka to'qimasiga qon quyilishi natijasida gemoaspirasiop atelektazlar kelib chiqadi. Buniig sababi, qonning quyilgan joyidan bronxlarga chiqishi (obturasion atelektaz) yoki mayda bronxlar hamda o'pka to'qimasining quyilgan qon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.13 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.13 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga