Nafas olish organlari va yoshga oid hususiyatlar

Nafas olish organlari va yoshga oid hususiyatlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nafas olish organlari va yoshga oid hususiyatlar - rasmi

Material tavsifi

Nafas olish organlari va yoshga oid xususiyatlari. REJA. 1. NAFAS OLISHNING AHAMIYATI. 2. NAFAS OLISH A'ZOLARINING TUZILISHI. 3. O'PKA VA TO'QIMALARDA GAZLAR ALMASHINUVI. 4. SUN'IY NAFAS OLDIRISH. 5. NAFAS OLISH A'ZOLARINING KASALLIKLARI. 6. OVOZ APPARATI. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbanat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblkanadi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat. 1. O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorld va karbanat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish ) 2. O'pka alveolalari va o'pkaning kapilyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbanat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbanad angidrid almashinuvi (ichki nafas olish ) Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog'vauglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalarda barcha hayotiy jarayonlar (qo'zg'alish harakatlanish, ko'payish ) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo'lgan karbanat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi. 2. Nafas olish a'zolariga : burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traheya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi. Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'I ikkiga bo'lingan Uning ichk yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy. Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib organizmni himoya qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 218 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga