Nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralar

Nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralar - rasmi

Material tavsifi

Toshkent TIBBIYoT AKADYeMIYaSI UMUMIY jarrohLIK, BOLALAR jarrohLIGI, TIBBIYoT-PROFILAKTIKA fakultetI jarrohLIK KASALLIKLARI kafedraSI Tibbiy-profilaktika fakultetining 3-kurs talabalari uchun ma'ruza ma'ruzaning mavzusi: «Nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralar» ma'ruzachi m.f.d, prof. U.Yu.Ergashev Tuzuvchilar: m.f.d, prof. U.Yu.Ergashev ma'ruzaning maqsadi: Talabalarga nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralar haqida tushuncha berish Talabalarni nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralarning turlari va klassifikatsiyasi bilan tanishtirish Talabalarga nekrozlar, gangrenalar va oqma yaralarning diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolashning asosiy tamoyillarini tushuntirish Nekrozlar va gangrenalar: To'qimalarning mahalliy o'lishi nekroz deyiladi. Gangrena - bu nekrozning bir turi bo'lib, to'qimalarning yiringli parchalanishi, qon pigmentlari bilan to'yinishi va shuning natijasida to'qimalar rangining qorayishi bilan kechadi. Nekrozning quyidagi sabablari mavjud: 1. To'qimalarning bevosita parchalanishi. 2. Qon aylanishining kamayishi natijasida to'qimalar oziqlanishining buzilishi. 3. Modda almashinuvi kasalliklari. 4. Nerv tizimining zararlanishi. To'qimalarning bevosita parchalanish sabablari: 1. Mexanik (ezilish, yirtilish, jarohatlar). 2. Termik (kuyishlar va sovuk urishlari). 3. Elektrik. 4. Kimyoviy (kontsentrlangan kislotalar, ishkorlar, va boshqa moddalar, a'zolarning sekretlari). 5. Toksik, ayniqsa mikroblar toksinlari (gazli gangrena). 6. Nur energiyasi (rentgen nurlari bilan kuyishlar va radiaktiv kuyishlar). To'qimalar oziqlanishi buzilishining sabablari: 1. O'tkir yurak yetishmovchiligi. 2. Moddalar bo'lakchalari bilan (ko'pincha) va gazlar bilan (bazan) emboliya. 3. Qon tomirlarning uzoq vaqt torayishi yoki obliteratsiyasi (Reyno kasalligi, obliteratsiyalovchi endarteriitlar). 4. Tomirlarning uzilishi yoki siqilib qolishi (sdavlenie), magistral qon tomirlarning shi kastlanishi, ichaklarning siqilishi (ushemlenie kishki). 5. Qon ivishi va reologik xususiyatlarining buzilishi,qon tomir intimasi strukturasining buzilishi (arteriya va venalar trombozi). Nekroz va gangrenalar modda almashinuv kasalliklarida (qandli diabet, tsinga), markaziy nerv tizimi kasalliklari (o'smalar, neyrosifilis, siringomieliya va boshqalar), markaziy nerv tizimi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.17 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 43.17 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga