Nerv sistemasi kasalliklari Markaziy nerv sistemasini tashkil etuvchi bosh va orqa miyaning turli bo'limlari, shuningdek periferik nerv sistemasini hosil qiluvchi tuzilmalar juda har xil va murakkab tuzilishga ega bo'lganliklari uchun nerv sistemasi kasalliklari ham juda har xil va murakkab. Nerv sistemasi patologiyasi o'zining bir qancha xususiyatlari bilan ichki organlar patologiyasi-dan farq qiladi: 1) bosh miyada turli funksiyalarni ado etadigan bir qancha bo'limlar bor. Shu munosabat bilan bosh miyada kichik bir alteratsiya o'chog'i paydo bo'lganida ham, bu malum bir funksiyaning, masalan, nutqning yo'qolib qolishiga olib keladi, yani kichik bir miya qismining zararlanishi ham har xil nevrologik simptomatikaga sabab bo'lishi mumkinki, boshqa organlarda bunday hodisa kuzatilmaydi; 2) nerv sistemasining qanday bo'lmasin biror qismida o'choq holida paydo bo'lgan bitta patologik jarayonning o'zi (masalan, miyaning pesxona bo'lagida yoki orqa miyada paydo bo'lgan o'smaning o'zi) har xil klinik manzara bilan namoyon bo'ladi; 3) har qanday organda uchrashi mumkin bo'lgan patologik jarayonlar (yallig'lanish, qon aylanishining izdan chiqishi va boshqalar)dan tashqari nerv sistemasida nerv hujayralari va mielinning zaralanishiga aloqador maxsus kasalliklar paydo bo'lishi mumkin; 4) bir qancha kasalliklar bosh miyaning anatomik va fiziologik xususiyatlariga aloqador bo'ladi. Masalan, kalla suyagi miyani shikastlanishdan saqlab tursa ham, kalla ichida bosim ortib ketishiga va miya churrasi paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin; 5) orqa miya suyuqligi miyani shikastlanishdan saqlab tursa-da, lekin bazan gidrotsefaliya boshlanishi yoki mikroorganizmlar va o'sma tarqalib borishi uchun zamin bo'lib qolishi mumkin; 6) limfa suyuqligi o'tib turadigan maxsus yo'llar yo'qligi bazan miyaning shish jarayoniga juda sezgir bo'lishiga olib keladi. Miya murakkab tuzilgan organdir, uning asosiy hujayra elementlari nerv hujayralari ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.81 KB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.81 KB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:48 ]
Arxiv ichida: docx