Nerv sistemasining degenerativ kasalliklari

Nerv sistemasining degenerativ kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nerv sistemasining degenerativ kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Nerv sistemasining degenerativ kasalliklari Nerv sistemasi degenerativ kasalliklarining hammasi etiologiyasidan qatiy nazar ikkita asosiy xususiyat bilan ta'riflanadi: 1) ular neyronlarning bitta yoki bundan ko'proq funksional sistema-larini (funksional jihatidan birlashtiriladigan neyronlarni) tanlab zararlaydigan kasallikdir. Ayni vaqtda boshqa neyron sistemalari (guruhlari) zararlanmay qolaveradi. Masalan, Parkinson kasalligida strio-pallidar dofaminergik sistemaning o'zi degeneratsiyaga uchraydi. 2) nerv sistemasining degenerativ kasalliklari shu sistemaning simmet-rik ravishda tobora ko'proq zararlanib borishi bilan ta'riflanadi. Shu bilan birga, bu kasalliklarning malum farqlari ham bor: ularning bazilari irsiy kasallik bo'lsa, boshqalari tabiatan sporadikdir. Bazilari hujayralar ichida ko'proq o'zgarishlar ro'y berishi bilan xarakterlanadi, boshqalarida esa neyronlar atrofiyaga uchrab, soni kamayib boradi. Jarayonning topografiyasiga qarab degenerativ kasalliklar to'rt guruhga ajratiladi: katta yarim sharlar po'stlog'i zararlanadigan kasalliklar - Altsgeymer kasalligi, Pik kasalligi; bazal yadrolar va o'rta miyaning zararlanishiga aloqador kasalliklar, Gatingtong kasalligi, idiopatik Parkinson kasalligi, postentsefalitik Parkinson kasalligi va boshqalar shunga kiradi; orqa miya bilan miyacha zararlanadigan kasalliklar - Freydrix ataksiya-si, ataksiya-teleangioektaziya; harakatlantiruvchi neyronlarning zararlanishiga aloqador kasalliklar - yon tomon amiotrofik sklerozi, Verdnig-Goffman spinal amiotrofiyasi, Kugelberg-Velander sindromi. Altsgeymer kasalligi bilan Pik kasalligining asosiy klinik simptomi demensiyadir. Biroq, boshqa kasalliklarda, masalan, tserebrovaskulyar kasallik, entsefalit, gidrotsefaliya va moddalar almashinuvining buzilishiga aloqador kasalliklarda ham demensiya boshlanishini esda tutish kerak. Altsgeymer kasalligi Altsgeymer kasalligi bosh miya tarqoq ravishda atrofiyaga uchrashi natijasida miya po'stlog'iga aloqador oliy funksiyalarning aynashi va es pasayishi - demensiya boshlanishi bilan ta'riflanadi. Kasallik 54-56 yashar-lik mahalda boshlanadi. Demensiya boshlanishida xotiraning tobora ko'proq buzilib, fazoda mo'ljal olishning izdan chiqishi markaziy o'rinda turadi. Ancha erta muddatlarda diqqat-etibor pasayib, nutq ham buziladi, ko'pincha amnestik va sensor afaziya, shuningdek ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.71 KB
Ko'rishlar soni 485 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.71 KB
Ko'rishlar soni 485 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga