Nerv sistemasining infeksion kasalliklari

Nerv sistemasining infeksion kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nerv sistemasining infeksion kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Nerv sistemasining infeksion kasalliklari Nerv sistemasi har xil kasallik qo'zg'atuvchilariga, jumladan bakteriyalar, zamburug''lar, viruslar, parazitlarga haddan tashqari sezgir bo'ladi. Unda ro'y beradigan infeksion jarayonlar kasallik qo'zg'atuvchisining qaerda joylash-ganiga qarab, juda xilma-xil bo'ladi. Lekin ularning hammasini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: 1) yumshoq miya pardalari va orqa miya suyuq-ligi infeksiyalari (meningit), 2) miya to'qimasida boshlanadigan infeksion kasalliklar (entsefalit). Kasallik qo'zg'atuvchilari miyaga har xil yo'l bilan - gematogen yo'l bilan, miya travmalari mahalida va orqa miya suyuqligi orqali o'tadi. Bir qancha infektlar, masalan, oddiy gerpes va qutirish kasalligi viruslari avval periferik nerv sistemasida ko'payib olib, shu yerdan miyaga yoki sezuvchi gangliyalarga o'tadi. So'rg'ichsimon o'simta, pesxona sinusi va ichki quloqda boshlangan yallig'lanish jarayonlari miyaga infeksiya o'tib, meningit, entsefalit boshlanib ketishiga sabab bo'lishi mumkin (infeksiyaning kontakt yo'l bilan o'tishi). Meningit Meningit - bosh va orqa miya pardalarining yallig'lanishidir. Yumshoq va o'rgimchak inisimon miya pardalarining yallig'lanishi leptomeningit, o'rgimchak inisimon pardaning yallig'lanishi araxnoidit va miya qattiq pardasining yallig'lanishi paximeningit deb ataladi. Biroq «meningit» deyilganida amalda leptomeningitni tushuniladi. Bunda subaraxnoidal bo'shliqdagi orqa miya suyuqligiga ham infeksiya o'tgan bo'ladi. Etiologiyasiga ko'ra: bakterial, virusli meningit, zamburug''lar va sodda jonivorlar qo'zg'atadigan meningit tafovut qilinadi. Bakterial meningit o'z navbatida yiringli meningit (meningokokk, pnevmokokk, streptokokk, stafi-lokokk va boshqa bakteriyalar qo'zg'atadigan meningit) va seroz meningitga (sil, zaxm, mikoplazma, leptospirozga aloqador meningitga) bo'linadi. Virusli meningitga quyidagilar kiradi: 1) xavfsiz o'tkir limfotsitar meningit; 2) epidemik parotit virusi qo'zg'atadigan meningit; 3) enteroviruslar qo'zg'atadigan meningit; 4) gerpes va 5) gripp viruslari qo'zg'atadigan meningit. Blastomikoz, koktsidioidoz, toksoplazmoz, kandidoz meningit va amyobali meningit ancha kam uchraydi. Avj olib borishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.2 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.2 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga