Og'ir metallar va mishyakdan zaharlanish Sanitariya toksikologiyasi nuqtai nazaridan olganda, og'ir metallar orasida yuqori zaharlilikka ega bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga uzoq vaqt tushganida organizmda to'planishga qodir va uzoq vaqtdan keyin chiqadigan - mutagen va kantserogen asoratlar qoldiruvchi (mishyak va qo'rg'oshinda) qo'rg'oshin, simob va kadmiy, shuningdek mishyak (an'anaviy ravishda majmuada ko'rib chiqiluvchi) juda katta ahamiyatga egadir. Oziq-ovqatlarning bazi bir turlarida ham boshqa og'ir metallar: tunuka va xromlangan idishlarga konservalangan mahsulotlardagi qalay va xrom, gidrogenizlangan yog'li mahsulotlar (margarinlar, oshpazlik va qandolatchilik yog'lari) va ksilitdagi va boshqa shakar-spirtlardagi nikel, saqlab qo'yiluvchi yog'li mahsulotlardagi temir va mis, pektindagi rux me'yorlanadi. Agar mahsulotdagi toksik elementlar miqdori belgilangan darajaga etgunicha dekontaminatsion ishlov berish imkoniyati bo'lmasa, og'ir metallar va mishyak darajasining ChYK oshib ketgan oziq-ovqat mahsulotlari ovqatlanish maqsadlarida foydalanish uchun yaroqsiz deb topiladi. Og'ir metallar miqdori bo'yicha quyidagi joylarda etishtirilgan oziq-ovqat xom-ashyosiga alohida etibor qaratish lozim: tabiiy muhit obyektlaridagi geokimyoviy anomaliyalar darajasi oshgan hududlarda; metallurgiya, mashinasozlik, tog'-kon sanoati, kimyo sanoati korxonalari joylashgan hududlarda; yirik avtomagistrallar va shaharlar yaqinida; mineral o'g'itlar va boshqa agrokimyoviy moddalardan intensiv foydalanilganda. Toksikantlarning qishloq xo'jaligi mahsulotlarida to'planish darajasiga quyidagilar ta'sir ko'rsatadi: tuproqning va boshqa tabiiy muhit obyektlarining ifloslanganlik darajasi; o'simliklarning biologik o'ziga xosliklari (masalan, bargli sabzavotlar, lavlagi va sabzi tuproqdan kadmiyni to'plab olishga qodir bo'ladi); mineral o'g'itlar, pestitsidlardan noratsional foydalanish; tuproqning geologik va agrokimyoviy xususiyatilari. Aytaylik, simob o'simliklarga o'zining tuproqdagi kontsentratsiyasiga proportsional tarzda kira oladi. Bundan faqat nordon tuproq mustasno bo'lib, ulardagi simob yomon so'riluvchi (boshqa og'ir metallar va mishyakdan farqli o'laroq) shaklda bo'ladi. Simobning tuproqdagi kontsentratsiyasi 2,1 mg-kg.gacha bo'lganida, o'simliklarda ushbu ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.63 KB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.63 KB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:11 ]
Arxiv ichida: docx