O'pka arteriyasining tromboemboliyasi

O'pka arteriyasining tromboemboliyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
O'pka arteriyasining tromboemboliyasi - rasmi

Material tavsifi

O'PKA arteriYaSINING TromboemboLIYaSI O'pka arteriyasining tromboemboliyasi (TELA) - o'pkada qon oqimini kuchli buzilishiga olib keluvchi, o'pka arteriyasining asosiy o'zagi yoki shoxobchalarini embol yoki tromblar bilan okklyuziyasidir. 10- XKK: I 26. Epidemiologiyasi Shifoxonalarning kardiologiya bo'limlarida bo'ladigan 50% ga yetib TELA tashkil etadi, u yana jarrohiya amaliyotidan keyin bemorlarning o'limini xam asosiy sababchisi bo'lib hisoblanadi. 31 qo'qqis o'limni holatlari o'pka arteriyasining tromboemboliyasi bilan holda sodir bo'ladi TELA bilan bemorlarning 20% xalok bo'lishadi, xususan ularning yarmidan ko'prog'i emboliya kelib chiqqanidan keyin birinchi 2 soatda ro'y beradi. Etiologiyasi TELAning eng ko'p uchraydigan sababi-oyoq yoki kichik tos chuqur venalaridan venozli embolning uzilib kelishidir. Tromboz ko'pincha operatsiyalar (venalarda, ginekologik), davomli to'shak rejimi va yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadi. Trombning hosil bo'lish sabablari quyidagilar bo'lishliklari mumkin: venalar devorining shikastlanishi (yallig'lanish kasalliklarida, vena ichiga qilingan in'eksiyalarda, jarrohiya amaliyotlarida, shikastlanishlarda, yomon sifatli o'smalarda), qon oqimini yurak yetishmovchiligi, uzoq yotish rejimi, davomli majburiy vaziyatda bo'lib qolish (samaliyotda uchishda) oqibati bo'lib sekinlashuvi, yana-qon ivishi jarayonining ortishi (irsiy buzilishlarni qon ivituvchi tizimida bo'lishi tufayli), homilani oldini olishga qaratilgan vositalarini iste'mol qilish kabilar. TELA tasnifi (Yevropakardiologlari jamiyati, 1996): Massiv tromboemboliya -50-75% tomir oqavasi to'silishi (beqilishi) natijasi bo'lib rivojlanadi va shok, gipotoniya, o'ng qorincha o'tkir yetishmovchiligining klinik manzarasi bilan ifodalanadi. Submassiv tromboemboliya -30%-ga etmasdan ko'lamda tomir oqavasining to'silishi (beqilishi) oqibati bo'lib kelib chiqadi va o'pka gipertenziyasi, yurak o'ng kameralari disfunksiyasi rivojlanishi bilan, ammo ularning yetishmovchiligi alomatlarisiz, ifodalanadi. Nomassiv tromboemboliya (o'pka arteriyasining kichkina shoxobchalarini tromboemboliyasi)-gemodinamik buzilishlar bilan ifodalanmaydi. Klinik manzarasi Asosan ko'kraq qafasi hududida kuchli og'riq, qo'qqis paydo bo'lgan xalloslash (nafas qisishi), gavdaning yuqori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.12 KB
Ko'rishlar soni 588 marta
Ko'chirishlar soni 145 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.12 KB
Ko'rishlar soni 588 marta
Ko'chirishlar soni 145 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga