O'pka-yurak sindromi O'pka-yurak sindromi - O'pka-yurak sindromi atamasi bu bronxial apparat, o'pka tomirlari, ko'krak qafasining deformasiyasi yoki o'pka funksiyasini buzuvchi boshqa kasalliklar oqibatida yo'zaga keluvchi kichik qon aylanish doirasi gipertaniya tufayli o'ng qorincha gipertrofiyasi bilan ifodalanuvchi patologik holatdir. Surunkali o'pka - yurak sindromi ko'p yillar davomida vujudga kelib, dastlab yurak yetishmovchiligisiz, keyin esa o'ng qorincha dekompensasiyasi bilan kechadi. Etiologiya: surunkali O'pka-yurak sindromi kasalligining kelib chiqish sabablarini 2 ta katta guruhga bo'lish mumkin: 1) o'pka ventilyasion-respirator funksiyalarining birlamchi zararlanadigan; 2) o'pka tomirlarini birlamchi zararlanadigan kasalliklar. Birinchi guruhga o'pka-bronx apparatining yuqumli-yalliqlanish kasalliklari (surunkali bronxit, surunkali zotiljam, bronxoektatik kasallik, o'pka silining o'pka emfizemasi bilan rivojlanishi yoki usiz) kiradi. O'pka - yurak sindromi rivojlanishiga bronxial astma, usma o'sish jarayoni, o'pkada usimtalar paydo bo'lishi, o'pkani zararlovchi kollagenozlar, silikoz, antrakoz va boshqa o'pka bilan bog'liq kasb kasalliklari kiradi. ko'krak qafasi eskursiyasining bo'zilishi (kifoskolioz, torakoplastika, plevral (o'pka pardasi) fibrozi, poliomelit, semirish) kasalligida ham O'pka-yurak sindromi kelib chiqadi. O'pka tomirlar tizimini birlamchi jarohatlaydigan kasalliklar guruhga o'pka arteritlari, dastlabki o'pka gipertoniyasi va kichik qon aylanish doirasi tizimidagi tromboembolitik jarayonlar kiradi. Klinik ko'rinishlari. Surunkali o'pka-yurak sindromining kompensasiya va dekompensasiya (birmuncha tiklangan va tiklanmagan)bosqichlarini farqlash kerak. Birmuncha tiklangan davrda klinik ko'rinish, asosan, asosiy kasallikning simptomlari, ularning sekin-asta yurak o'ng tomon gipertrofiyasi simptomlari bilan birga qushilib ketishi aniqlanadi. O'ng qorincha gipertorfiyasi klinik ko'rinishi, odatda, har safar ham yaqqol namoyon bulavermaydi. Ko'pchilik bemorlarda epigastral sohada tomir urishi, o'pka arteriyasida II ton aksenti aniqlanadi. Keng ko'lamdagi klinik ko'rinishlar dekompensasiya bosqichi o'pka-yurak sindromida ko'rinadi. Bemorlarning asosiy shikoyati bu - nafas siqishi va yurak yetishmovchiligidan iborat ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.63 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.63 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:54 ]
Arxiv ichida: docx