O'rta asr boshlarida Rossiya va G'arbiy Ovropa mamlakatlari tibbiyoti P.Ye Zabludovskiy, M.P. Multanovskiy va boshqa mualliflar ma'lumotiga ko'ra XI-XVI asrlarda feodal Rossiyada tibbiy bilim xalq tibbiyoti sifatida rivojlandi . Xalq tibbiyoti oilaviy maqomga ega edi. Bu kasb nasldan-nasga o'tib keldi. Xalq tibbiyoti bilan shug'ullanadiganlarga xam xaq to'lash kerak edi, shuning uchun aholining faqat daromadi bor qatlami bularning xizmatidan foydalana olishar edi. Shaharlik tabiblarning dori sotadigan do'konlari bor edi. Dorilar asosan, dorivor o'simliklardan tayyorlangan, davolash maqsadida o'ndan ortiq o'simliklarning turlaridan foydalanilgan. Shunday o'simliklar qo'llanilganki, hatto bularni G'arbiy Ovropada bilishmasdi. Vizantiya, Armaniston, Gruziya, va O'rta Osiyo bilan yo'lga qo'yilgan keng savdo-sotiq aloqalari tufayli Kiev Rusida xam tibbiy bilimlar tarqalishiga sabab bo'lgan. Bu yerga Suriya, Armaniston va boshqa mamlakatlardan vrachlar kelgan. Ko'pgina qadimiy qo'llyozmalarda minatyur rasmlar keltirilgan. Bu minatyuralarda bemorni qanday davolashgani, jarohatlanganlarga yordam ko'rsatish, ibodatxonalardagi kasalxonalarning tuzilishi tasvirlangan., dorivor o'simliklarning, tibbiy asboblarning, protezlarning rasmlari keltirilgan. XI asrdan boshlab minatyuralardan jamoat, ovqatlanish va shaxsiy gigiyena, bundan tashqari rus xalqining sanitariya holatlari ko'rinishi aks ettirilgan. Inson salomatligini yuridik baholashga ruscha huquqiy tushunchalar tizimiga tan jarohati, zo'rlab o'ldirilganligini aniqlash faktlari kabi tibbiy elementlar ham kiritildi. Kiev Rusi davrida diplomli vrachlar bo'lmagan. Kiev knyazlari saroylarida chet ellardan kelgan vrachlar ishlagan. Vizantiyadan Kiev Rusiga xristian dini olib kelindi, qabul qilindi, cherkovlar va roxibxonalar davolash bilan bog'liqligi belgilandi. Cherkovdagi ruxoniylar bemorlarni parvarish qilish va davolash ishi bilan shug'ullandilar. Roxiblar orasida o'z kasbini yaxshi biladigan ko'pgina, tabiblar (lechtsi) bo'lgan. Kiev Rusi knyazi Vladimir Svyatoslavich tomonidan tabiblarning, tibbiy muassasalarning xaq-huquqlarini «Buyuk knyaz Vladimir Svyatoslavich Ustavi» nomli hujjat bilan qonun jihatdan ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
441.73 KB
Ko'rishlar soni
234 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
441.73 KB
Ko'rishlar soni
234 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:55 ]
Arxiv ichida: docx