Oshqozon-ichak trakti kasalliklari sindromi.Oshqozon shilliq pardasining o'tkir yalliqlanishi simptomlari. Oshqozon shilliq pardasi yallig'lanish sindiromida hamshiralik jarayoni. O'tkir oddiy gastrit - uning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo'ladi: a) O'tkir ekzogen gastritning kelib chiqishiga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini, o'tkir alkogolli ichimliklar, achchiq, yoqli, o'ta qaynoq yoki o'ta sovuq ovqatlarni ko'p iste'mol qilish, o'ta tuyib ovqatlanish (alimentar gastrit); b) ba'zan ko'p va uzoq vaqt davomida dori preparatlarini-salisilatlar, yod, brom, sulfanilamidlar va boshqalarni qabul qilish (dori gastriti); v) ba'zi yuqumli kasalliklar (qizamiq, qizilcha, difteriya, gripp, o'pka abssessi) asoratlari sifatida (gematogen gastrit); g) ba'zi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan allergik reaksiya (allergik gastrit). Klinik ko'rinishi: odatda, parhez bo'zilganidan 6-12 soat utgandan so'ng umumiy darmonsizlik, oqizda badbo'y hid, epigastriyada og'riq va og'irlik, kekirish, ko'ngil aynash, yeyilgan ovqatni safro bilan birga qusish, tashnalik ko'zatiladi. Til oq qarash bilan qoplangan. qorin dam bo'ladi. Epigastral sohani paypaslaganda og'riq seziladi. Tana harorati subfebril xarakterda. Allergik gastrit juda tez boshlanib, og'ir kechishi mumkin, ba'zida dispepsik ko'rinishdagi umumiy intoksikasiya simptomlari: bosh og'riqi, bosh aylanishi, adinamiya ko'zatiladi. Ko'zatuv davomida teri rangining rangparligiga diqqatni qaratish lozim. Taxikardiya, gipotoniya, og'ir holatlarda yurak faoliyatining keskin susayishi ko'zatiladi. Chuqur paypaslab tekshirilganda, epigastriyada og'riq borligi aniqlanadi. Tana harorati normal yoki kutarilgan bo'lishi mumkin. Gastrit bilan og'rigan bemorlarning oshqozon tarkibi tekshirilgandagi, persekresiya va kislotalikning ko'payib ketishi, bu esa oshqozon sekretor funksiyalarining zuriqishiga olib keladi. Suyuqlikni ko'p yuqotish (qusish, ich ketish) natijasida qonda gemoglobin va eritrositlar miqdorining oshishi (qonning quyilishi)ga olib keladi. Davolash tamoyillari: 1) oshqozonni (1:100) kaliy permanganat iliq eritmasi yoki 0,5 %li natriy gidrokarbonat bilan yuvish; 2) oshqozon yuvib bulingandan so'ng ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.38 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.38 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:21 ]
Arxiv ichida: docx