Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga nisbatan gigiyenik talablar

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga nisbatan gigiyenik talablar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga nisbatan gigiyenik talablar - rasmi

Material tavsifi

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga nisbatan gigiyenik talablar Ozuqa mahsulotlari - bu hayvonlardan, o'simliklardan olinadigan, mineral yoki biosintetik kelib chiqishga ega bo'lgan, inson tomonidan tabiiy yoki qayta ishlangan holda istemol qilinuvchi mahsulotlardir. Shuningdek, ichimliklar, saqichlar va ozuqa mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlov berishda ishlatiladigan har qanday moddalar ozuqa mahsulotlariga kiradi. Har qanday ozuqa mahsuloti yuz minglab turli tarkibiy qismlardan iborat bo'lgan murakkab kimyoviy majmua bo'lib, umumiy va spetsifik biologik faollikni namoyon etishga qodir. Shu bilan birga ovqatdagi alohida kimyoviy moddalarning fiziologik ahamiyati bir hil emas. Ular ichida alohida guruhni - quvvatiy va plastik vazifani bajaruvchi ozuqa moddalari (nutrientlar) va bir nechta minor guruhlar: biologik faol birikmalar (ksantin hosilasi bo'lgan biogen aminlar), glikozidlar, alkaloidlar, polifenollar, indollar, antialimentar omillar (fermentlar ingibitorlari, antivita'minlar, fitin, oksalatlar) va tabiiy toksinlar (solanin, amigdalin, kumarin, mikotoksinlar)ga ajratiladi. Bundan tashqari, ovqat tarkibida antropogen kelib chiqishga ega bo'lgan begona birikmalar (pestitsidlar, bifenillar, uglevodorodlar, nitrozaminlar va hoka'zolar) ning qoldiq miqdorlari mavjud bo'lishi mumkin. Ovqatning multikomponentli (turli-tuman tarkibiy qismli) tarkibi uning umumiy biologik xossalarini belgilaydi, ular orasida nutrientlarning fiziologik roliga nisbatan ko'proq etibor qaratish qabul qilingan. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy sifatiy xossalari aynan nutrientlar bilan bog'liq. Minor tarkibiy qismlarning roli va ahamiyati qo'shimcha o'rganish predmetiga taalluqlidir. Oziq-ovqat mahsulotlari organoleptik va fizikaviy-kimyoviy ko'rsatkichlari sohasidagi odatdagi talablarga javob berishi va hozirgi hamda kelgusi avlodlarning sog'lig'i uchun xavf tug'diruvchi kimyoviy (shu jumladan, radioaktiv), biologik moddalar va ularning birikmalari, mikroorganizmlar va boshqa organizmlarning yo'l qo'yiluvchi miqdori bo'yicha belgilangan gigiyenik talablarga mos kelishi kerak. Ozuqa mahsulotlarining sifati - bu ozuqaviy qiymat va xavfsizlik xususiyatlarining qo'shilgani bo'lib, mahsulotlarning gigiyenik talablarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.66 KB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.66 KB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga