Parhez, davolovchi ovqatlanish

Parhez, davolovchi ovqatlanish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Parhez, davolovchi ovqatlanish - rasmi

Material tavsifi

Parhez (davolovchi) ovqatlanish Parhez (davolovchi) ovqatlanish o'tkir yoki surunkali kasalliklari bor (tuzalish, shuningdek, zo'raygan davrdagi) insonlar uchun tashkil etiladi. Parhez ovqatlanishi (sinonimi - dietoterapiya) shifokor nazorati ostida statsionarlarda, san'atoriylarda, profilaktoriylarda, shuningdek, parhez oshxonalarida amalga oshiriladi. Parhez ovqatlanishi quyidagi belgilar va o'ziga xosliklarga ajratiladi: bemor odam ovqatlanishining maqsadi nafaqat umumiy ovqat statusini qo'llab-quvvatlab turishgina emas, balki parhez muolajasi (dietoterapiya)ni ham amalga oshirishdi; parhez ovqatlanishi kasallikning klinik manzarasi, patologik jarayonlarning xarakteri va rivojlanish turiga ta'sir qilishi mumkin; parhez ovqatlanishi nafaqat boshqa terapevtik usullarning samarasini oshiribgina qolmay, balki surunkali kasalliklarning qo'zishi (retsidiv) va zo'rayishi sonini, shuningdek, o'tkir patologiyadan surunkali tusga o'tishini kamaytiradi (profilaktika vazifasini bajaradi); bazi kasalliklar (temirtanqis anemiya, fenilketonuriya, tseliakiya)da parhez ovqatlanishi yagona (yoki yetakchi) terapevtik omil bo'lishi mumkin. Zamonaviy parhez ovqatlanishi - bu kasallikning patogenezi, klinik manzarasi va rivojlanish dinamikasini hisobga oluvchi tabaqalangan parhez muolajasi (dietoterapiya)dir. Davolovchi ovqatlanish uchta asosiy bo'g'inlardan tashkil topadi: 1) simptomatik parhez muolajasi (dietoterapiya) alohida kasallik belgilari bartaraf etilishiga yordam beradi; 2) organospetsifik parhez muolajasi (dietoterapiya) muayyan azo yoki tizimning shikastlanish xarakterini hisobga oladi; 3) metabolik parhez muolajasi (dietoterapiya) parhez kimyoviy tarkibining u yoki bu kasallik turiga xos bo'lgan almashinuv va morfofunksional buzilishlarning darajasi va xarakteriga moslashishini ta'minlaydi. Ratsional parhez muolajasi (dietoterapiya) barcha yo'nalishlardan foydalanishni taqozo etadi. Masalan, oshqozon yarasi kasalligida parhez muolajasi (dietoterapiya) tez-tez, bo'lib-bo'lib ovqatlanish hisobiga oshqozonga tushadigan funksional yuklamaning umumiy pasayishini unda uzoq ushlanib qolmaydigan taom va mahsulotlardan foydalanish, shu bilan birga, yara tez bitishiga ko'maklashuvchi oqsillar, vita'minlar, mineral moddalar organizmga etarlicha miqdordagi tushishini ta'minlashni nazarda tutadi. Shu bilan birga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.21 KB
Ko'rishlar soni 269 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.21 KB
Ko'rishlar soni 269 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga