Pestitsidlar va boshqa agrokimyoviy vositalardan zaharlanish Qishloq xo'jalik mahsulotlarining sanoat ishlab chiqarilishi intensivlashtirilishi va zararli omillardan himoyalash hisobiga yalpi chiqarilishining oshishini taminlovchi pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar sintetik va tabiiy moddalar guruhiga kiradi. Pestitsidlar - bu kimyoviy yoki biologik preparatlardir. Zararkunandalar va o'simliklar kasalliklari, begona o'tlar, saqlanuvchi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining zararkunandalari, maishiy zararkunandalar va hayvonlarning tashqi parazitlari bilan kurashishda, shuningdek, o'simliklarning o'sishini boshqarish, hosilni yig'ishtirishdan oldin barglarni tushib yuboruvchi (defoliantlar), mahsulotlarni hosilni yig'ishtirishdan oldin quritishda foydalaniluvchi (desikantlar)dir. Agrokimyoviy moddalar, bu - tabiiy yoki kimyoviy birikmalar bo'lib, o'simliklarni oziqlantirish, tuproq hosildorligini va hayvonlarni qo'shimcha ovqatlantirishni boshqarish uchun mo'ljallangandir. Agrokimyoviy moddalar quyidagi turlarga bo'linadi: mineral o'g'itlar [azotli, kaliyli, fosforli, kompleksli (NRK) mikroelementlarni qo'shgan holda, organomineral (oddiy va mikroelementlar qo'shilganlari)]; organik o'g'itlar; mikrobiologik o'g'itlar; torfli o'g'itlar; gumin kislotasi asosidagi o'g'itlar; tuproq gruntlari; tuproq miliorantlari (ohakli, gipsli); em qo'shimchalari (em konservantlari); biotexnika vositalari. Pestitsidlar. Pestitsidlar - ko'p sonli kimyoviy birikmalarning yig'ma nomidir. Hozirgi paytda madaniy o'simliklar va hayvonlarni muhofazalashning kimyoviy usuli uning texnologik oddiyligi, tannarxi arzonligi va samaradorligi tufayli eng ommaviy hisoblanadi. Biroq pestitsidlardan foydalanish hozirgacha ekologik ta'siri va tibbiy tahdidi bilan salmoqli xavfga egadir. Ekologik xavf nafaqat ishlov berilayotgan hududning muqarrar ifloslanibgina qolmay, balki pestitsidlarning biosferaga global tarqalishi bilan ham bog'liqdir. Atrof-muhitdagi barcha obyektlar (tuproq, suv, atmosfera)da pestitsidlarning mavjud bo'lishi va ularning qoldiq miqdorlari ovqatda ham bo'lishi aholining salmoqli qismi, shu jumladan, bolalar, homilador ayollar va bemorlar ham ular bilan aloqada bo'lishini belgilaydi. Pestitsidlar sifatida kimyoviy tuzilishi, shuningdek, ta'sir qilish xarakteriga ko'ra turlicha bo'lgan birikmalarning ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
100.74 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
100.74 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:30 ]
Arxiv ichida: docx