Qon va qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar

Qon va qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon va qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar - rasmi

Material tavsifi

Qon va qonning shaklli elementlari eritrotsitlar leykotsitlar trombotsitlar. Qon qizil rangli kuchsiz, ishqoriy reaksiyaga ega bo'lgan, nordonroq mazali, suyuq biriktiruvchi to'qimadir. Katta yoshdagi odamda 5 litrga yaqin qon bo'ladi (tana og'irligining 5-9 %ni qon tashkil qiladi). Lekin organizmdagi qonning taxminan yarmi qon tomirlarida oqib yuradi, qolgani qon depolari (jigar taloq va teri kapillyarlari)da saqlanib turadi. Qonning deyarli 20% jigarda, 6% taloqda va 10% terida bo'ladi. Tomirlarda qon miqdori kamayganda (jarohatlar natijasida) yoki muskullar harakat qilganda, odam kuchli hayajonlanganida qon depolardan tomirlarga o'tib, tomirlarda aylanib yuradigan qon miqdori oshadi. Qon organizmda xilma-xil funksiyalarni bajaradi: 1) qon hujayra va to'qimalarga oziq moddalar va kislorod olib kelib, moddalar almashinuvi vaqtida to'qimalarda hosil bo'lgan keraksiz va zararli parchalanish mahsulotlarini olib ketadi. 2) qon ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqqan, organlarning ishiga ta'sir etadigan garmonlarni organizmga tarqatadi. 3) qon tarkibidagi hujayralar (fagotsitlar) va maxsus moddalar (antitelolar) organizmga tushgan yot, zararli va kasallik qo'zgatuvchi mikroblardan organizmni himoya qiladi. 4) qon ichki organlar orasida issiqlikni tartibga soluvchi va gavda temperaturasining nisbatan turg'unligini saqlashda ishtirok etadi. 5) qon hujayra va to'qimalarning ishlashi uchun qulay sharoit tug'diradi. Organlarni bir-biri bilan bog'lab, organizmning bir butunligini ta'minlaydi. Qon hujayra va to'qimalar bilan bevosita aloqada bo'lmaydi. Shu sababli qon bilan kelgan, suvda erigan oziq moddalar va kislorod avvalo hujayra va to'qimalar orasidagi suyuqlikka tushib, undan hujayralarga o'tadi. Hujayralarda hosil bo'lgan parchalanish mahsulotlari, aksincha qonga o'tadi. Qon plazmaning bir qismi tomirlari devoridan hujayra va to'qimalar orasiga o'tib, to'qimalararo suyuqlikni hosil qiladi va to'qimalararo bo'shliqdan maxsus limfa tomirlariga o'tib, yurakka yaqin joyda qonga ko'shiladi. Limfaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.11 KB
Ko'rishlar soni 315 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.11 KB
Ko'rishlar soni 315 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga