Toshkent TIBBIYoT AKADYeMIYaSI UMUMIY jarrohLIK, BOLALAR jarrohLIGI, TIBBIYoT-PROFILAKTIKA fakultetI jarrohLIK KASALLIKLARI kafedraSI Davolash fakultetining 3-kurs talabalari uchun ma'ruza ma'ruzaning mavzusi: «Qoqshol, kuydirgi, qutirish » ma'ruzachi m.f.d, prof. B.D.Babadjanov Tuzuvchilar: m.f.d, prof. U.Yu.Ergashev ma'ruzaning maqsadi: Talabalarga qoqshol, kuydirgi, qutirish haqida tushuncha berish. Talabalarni qoqshol, kuydirgi, qutirishlarning klinik kechishi bilan tanishtirish. Talabalarga qoqshol, kuydirgi, qutirishning asosiy diagnostika va davolash tomoyillarini tushuntirish. Qoqshol Qoqshol - O'tkir spetsifik infeksion kasallik bo'lib, organizmga qoqshol tayoqchasi ekzotoksinining ta'siri natijasida nerv sistemasining zararlanishi bilan kechadi, ko'ndalang targ'il mushaklarning tonik va klonik qisqarishi bilan namoyon bo'ladi. Bu kasallik Gippokrat zamonasidan malum bo'lib, uning o'g'li xam shu kasallik qurboni bo'lgan. Etiologiyasi va patogenezi Odam va hayvonlarda qoqsholning qo'zg'atuvchisi ekzotoksin ishlab chikaradigan, grammusbat, sporogen tayokcha Clostridium tetani hisoblanadi. Qoqshol tayokchasi hayvonlar (qo'ylar, sigirlar va boshqalar) va odam ichagida saprofit sifatida yashaydi (parenteral yo'l bilan tushganida patogen hisoblanadi). Hayvonlarning chiqindilari bilan yerga tushganida qoqshol tayoqchasi uzoq vaqtgacha shu muhitda saqlanishi mumkin. Chang bilan klostridiylar odam terisiga, kiyimlari va atrof buyumlariga tushishi mumkin. Shu sababli infitsirlanish nuqtai nazaridan mayda tirnalishlar va shilingan jarohatlar xavfli sanaladi. Qoqshol asosan harbiy urush davrlarida, ayniqsa o'q otar qurol bilan jarohatlanishda ko'proq uchraydi. Ulug' vatan urushi davrida qoqshol 10 00 yaradorlarga 6-7 kasallik kuzatilgan. Tinchlik davrlarida qoqshol ko'pincha (80% hollarda) qishloq joylarida -10 00 aholiga 0.1 qoqshol bilan bemor to'g'ri keladi. ayniqsa 50% holatlarda qoqshol 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. 80% holatlarda kasallik arzimagan maishiy shikastlanishlardan keyin kuzatiladi, chunki bundan bemorlar tibbiy yordam uchun shifokorga murojat qilishni lozim ko'rishmaydi. Inkubatsion davri 4 kundan 14 kungacha. Qoqsholning kechki ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.17 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.17 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:47 ]
Arxiv ichida: docx