Ratsional ovqatlanish nazariyasi. Insonning ratsional ovqatlanishiga bo'lgan gigiyenik talablar Insonning real ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilgan va moddalar almashinuvining optimal darajasini taminlovchi ovqatlanish ratsional ovqatlanish deyiladi. Ratsional ovqatlanishning ilmiy asoslari shunday deb nomlanuvchi nazariyada ifodalanadi. Ratsional ovqatlanish nazariyasi XX asrdagi eng chiroyli nazariyalardan biri hisoblanadi: uning mantiqi va amaliy ahamiyati xech qachon shubhaga o'rin qoldirmaydi. Ratsional ovqatlanish konsepsiyasi 1930 yili M.N. Shaternikov tomonidan shakllantirilgan edi. Uning yozishicha, hayotiy jarayonlar dinamikasida ustuvor o'rinni moddalar almashinuvi va organizm bilan tashqi muhit o'rtasidagi kuchlar, yani keng manoda oladigan bo'lsak, ovqatlanish jarayonlari egallaydi. Insonning o'sishi, rivojlanishi, mehnat layoqati va hatto mavjudligining o'ziyoq ovqatlanishning etarliligi va ratsionalligi bilan jips bog'liqlikda bo'ladi. Zamonaviy ko'rinishdagi ratsional ovqatlanish nazariyasi asosi - muvozanatlashtirilgan ovqatlanish konsepsiyasi esa 1964 yili A.A. Pokrovskiy tomonidan shakllantirilgan. Uning fikricha, ovqatlanish haqidagi fan rivojlanishining asosiy xulosalaridan biri ovqat so'rilishi va uning kimyoviy tarkibining muvonatlashtirilganligi darajasi orasidagi korrelyativ bog'liqlikni aniqlashdan iboratdir. Bazi bir ozuqa moddalarining organizmning fiziologik o'ziga xosliklariga, shuning barobarida mehnat qilish va yashash sharoitlariga sifatiy va miqdoriy muvofiqligining nisbati haqidagi tasavvurlar, tabiiyki, nafaqat ovqatlanish haqidagi fanning rivojlanish darajasini belgilabgina qolmay, balki aholi ovqatlanishi sohasidagi va iqtisodiyotning muvofiq sohalari rivojlanishiga amaliy tavsiyalarning asoslanganlik darajasini ham aks ettiradi. Nazariya tabiatshunoslik, fiziologiya va bioximiyaning fundamental qonunlari (quvvat saqlanish qonuni) asosida yaratilgan bo'lib, uyg'un rivojlanadi va ushbu sohalarda yangi bilimlar to'planishi va umumlashtirilishiga qarab to'ldirib boriladi. Ratsional ovqatlanish nazariyasiga asosan, inson ratsioni quvvati bo'yicha ham, shuningdek, alohida nutrientlar va biologik faol moddalar bilan muvozanatlashtirilgan bo'lishi kerak. Bunda ratsion kimyoviy tuzilishining modda almashinuvining barcha bosqichlarida organizmning fermentativ tizimlariga muvofiq ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
408 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
408 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:50 ]
Arxiv ichida: docx