Sabzavotlar va mevalar

Sabzavotlar va mevalar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Sabzavotlar va mevalar - rasmi

Material tavsifi

Sabzavotlar, oshko'kilar, meva va tar mevalar Sabzavotlar, oshko'kilar, mevalar va tar mevalar (keyinchalik, sabzavot va mevalar deb ketiladi) kundalik istemolning majburiy o'simlik mahsulotlariga mansubdir. Ushbu guruh assortimenti bo'yicha eng ko'p sonli hisoblanadi (3.3-jadval) va an'anaviy oziq-ovqat mahsulotlarining o'nlab turlarini o'ziga jamlaydi. Shartli ravishda olganda, sabzavot va mevalar o'simlik mahsulotlari guruhining ikkinchi ahamiyatli qismini tashkil etib, boshoqlilar va dukkaklilarni to'ldiradilar. 3.3-jadval Inson ovqatlanishida foydalaniladigan o'simlik mahsulotlari Sabzavot va mevalar o'ta muhim almashtirilmas nutrientlar: askorbat kislotasi, β-karotin, bioflavonoidlarning benazir manbaidir. Ular tarkibida salmoqli miqdorda ovqat tolalari, magniy, kaliy, temir, folat kislotasi, K vitamini mavjud. Uglevodlardan esa mono- va disaxaridlarning tabiiy shakllari nisbatan kengroq namoyon bo'lib, bir qator sabzavotlar (kartoshka)da esa salmoqli miqdorda kraxmal ham mavjuddir. Sabzavot va mevalardagi oqsil 0,3 2,5 % ni tashkil etadi va almashtirilmas aminokislotalar (leytsin va va oltingugurtlilar)ning tanqisligiga ega bo'ladi. Ayni paytda sabzavot va mevalarda yog'lar (1 % dan kamroq), natriy va xlorning miqdori past bo'lishi qayd etiladi. Ularda suv ko'proq va kaloriyasi kamroq bo'ladi (quruq mevalar bundan mustasno). Ovqatlanishdagi sabzavot va mevalar ishqorli tarkibiy qismlar manbaiga kiradi. Sabzavot va mevalar bilan birga inson organizmiga uning hayot faoliyatida muhim rol o'ynovchi bir qator biologik faol birikmalar tushadi. Ular orasida butun oshqozon-ichak yo'llari davomidagi fermentativ faollik va motorikani kuchaytirish hisobiga ovqat hazmlanishi tabiiy maromlanishini taminlovchi organik kislotalar va efir moylari alohida etiborni jalb etadi. Tabiiy organik kislotalar orasida nisbatan ko'proq tarqalganlari olma, limon va vino kislotalari bo'lib, ular ko'pgina mevalar, tar mevalar va tsitrus mevalarining tarkibida salmoqli miqdorda mavjud bo'ladi. Bazi bir meva va tar mevalarda kam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 155.54 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 155.54 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga