Shaxs va shaxsning patologiyasi Reja: Tibbiyot psixologiyasida shaxs tushunchasi Ong va uni buzilishlari. Xarakter patologiyasi. Shaxs psixogigiyena va psixoprofilaktika. - shaxs - muayan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror bir turi bilan shug'ullanadigan ongli individ - ongli faoliyat - oliy psixik funksiyalardan biri - obnubilyasiya - (lotincha «nubes» ma'nosi bulut) ongning yengil darajasida buzilishi - Somnolensiya (lotincha uyquchanlik) mudroqqa o'xshash uyquchanlik holati - koma - es-hushning batamom yo'qolib qolishi Shaxsni o'rganish nima uchun kerak? Shaxs muammolari bilan psixologlar sotsiologlar, iqtisodchilar, pedagoglar, huquqshunoslar, shifokorlar va talaygina boshqa mutaxassislar shug'ullanadilar. Shaxsni ijtimoiy tahlil qilganda, «Odam» va «Shaxs» tushunchalarini farq qilinadi. Odam tushunchasi tabiiy, ijtimoiy tushuncha, shaxs tushunchasi, esa ijtimoiy tuguncha hisoblanadi. Shaxs jamiyat taraqqiyotining maxsulidir. U ajralgan holda emas, balki ijtimoiy hayotning tarkibiy qismidir. Shaxsning ongi o'z qobiliyati haqida tushunchasi, xususiyatlari va jamiyatdagi mavqei uning ixtiyoriga bog'liq bo'lmay, balki odamning jamiyatdagi mavjud munosabatlariga bog'liq bo'ladi. Nima uchun odamlar ruhiy kasal bo'ladilar? Ongli faoliyat oliy psixik fuksiyalardan biridir. Ongni evolyutsion - fiziologik aspektda bosh miya va butun organizmning murakkab integral yuqori faoliyatini ta'minlochi markaziy nerv sitemasining holati deb ta'riflash to'g'ri bo'lar edi. Yuqori darajada uyushgan hayvonlarda bu psixik faoliyatdir. Psixoijtimoiy aspektda ongli faoliyat psixik faoliyatdan ajralmasdir. Ong hamisha nima haqidadir bilim berishdan iborat, u faoliyat Bilan bevosita bog'liqdir. Har - hil ruhiy kasalliklarda ong, es xush buzilishi mumkin. ruhiy kasalliklardan tashqari es-xush aynishiga sabab bo'ladigan ta'surotlar bor kalla va miyaning shikastlanishi, intoksikasiyalar, kuchli ruhiy jarayonlar kuchli istma bilan o'tadigan yuqumli kasalliklar (tepkili terlama, bezgak, zotiljam va boshqalar). Es-xushning aynishi bir necha sekunddan tortib bir necha oyga cho'zilishi mumkin. (Esning kirarli-chiqarli bo'lib turishi, ambulator avtomatizm, isterik letorgiya va boshqalar). Es-xush aynishining ongning yo'qolishi, buzilishi, to'xtashi tipidagi xillari quyidagilar: obnubilyatsiya (lotincha nubes ma'nosi bulut) ongning eng yengil darajada buzilishi, ong bir necha daqiqa xiralashib tuman bosgandek bo'lib qoladi tevarak atrofdagi vaziyatni bilish, tanish buzilmaydi, obnubilyasiyadan keyin amneziya bo'lmaydi. Somnolentsiya. (lat. Uyquchanlik) mudroqqa o'xshash uyquchanlik holati bo'lib, ancha uzoq davom etadi. Tevarak atrofni taniydi, amneziya bo'lmaydi. Karaxtlik, es xushning ancha chuqurroq aynishi. 3 ta darajasi farqlanadi. A) yengil B) o'rta B) qattiq A) yengil-kasal uyquchan sekin, kam gapiradi, charchoq uyqusi kelayotganidan noliydi. B) o'rta uyquchanlik ancha kuchayadi, kasal o'z xolicha gapirmaydi savollarga ancha kechikib bo'lsa ham javob beradi. B) qattiq-kasal uxlab yotadi qattiq chaqirish silkitish bilan arang chaqirsa bo'ladi, savollarga kechikib bir hilda javob beradi. Sopor - kasal qattiq og'riq ta'sirotlaridan boshqa hech qanday ta'sirotlarga (so'z, issiqlik va boshqalar) javob bermaydi igna sanchishga qo'l, oyoq reflektor yo'l bilan ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.09 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.09 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
59 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: docx