Shayboniyxonlar va Ashtarxoniylar davrida O'zbekistonda tibbiyot

Shayboniyxonlar va Ashtarxoniylar davrida O'zbekistonda tibbiyot

O'quvchilarga / Tibbiyot
Shayboniyxonlar va Ashtarxoniylar davrida O'zbekistonda tibbiyot - rasmi

Material tavsifi

Shayboniyxonlar va ashtarxoniylar davrida O'zbekistonda tibbiyot (o'zbek xonliklari) Temuriylar sulolasi 15 asr oxiriga kelib, tushkunlikga uchradi. Siyosiy hokimiyat zaiflashdi, iqtisodiy hayot izdan chiqdi. 1506 yilda oxirgi Temuriylardan bo'lgan husayn Bayqaro vafot etdi. Zahiriddin Bobur vatanni tark etib, hindistonga o'tib ketdi. Movaraunaxrda yagona davlat tuzish qo'lidan keladigan kuch qolmadi. Toji-taxt uchun olib borilgan to'xtovsiz urushlar va cheki yo'q turli soliqlardan tinkasi qurigan xalq oxirgi Temuriylarni qo'llab-quvvatlamadi. XVI asr boshida Movarounnahrni Shayboniyxon qo'shinlari zabt etdilar. Shayboniyxon odamlari o'zlarini biz o'zbeklarmiz, deb atardilar. Ular bu yerdagi mahalliy o'zbeklar (turkiy xalqlar) bilan aralashib ketib, yangi davlatni-o'zbek xonligini barpo etdilar. Shayboniyxon Samarqandni o'z davlatining poytaxti, deb elon qildi. Buxoroni ukasi Mahmudsultonga berdi. Toshkent va uning atrofidagi erlarni qarindoshlariga (Kuchqunchi Sulton va Suyunchi Xo'jaga) bo'lib berdi. So'ng u Xuroson va Xorazmni bosib oldi. Xurosonga o'z o'g'li Temur Sultonni hokim qilib qo'ydi. Shunday qilib, Shayboniylar sulolasi paydo bo'ldi. Bu sulolaning asoschisi Shayboniyxon ancha bilimdon edi. U adabiyot va san'atga qiziqar, bu soha ahillarini qo'llab-quvatlar edi. Temuriylarga taqlid qilib mamlakatda iqtisodiy hayot, fan va madaniyatni rivojlantirishga intildi. Bu borada u bazi tadbirlarni ham amalga oshirdi. Ammo temuriylar shon-shuxratiga eta olmadi. Dastlabki yillarda esa harbiy tupolonlar natijasida mamlakat qo'shimcha vayronagarchiliklarga uchragan edi. Shayboniyxon askarlari bosib olingan shaharlarni talon-taroj qilar edilar. Buning natijasida xalq xonavayron bo'lar, xalq o'rtasida turli kasalliklar tarqalib ketar, minglab kishilar halok bo'lar edilar. Tarixda bu davrda bir necha bor epidemiyalar tarqalib ketganligi malum. Davlat barqaror topgandan keyin Shayboniyxon xo'jalik hayotini tartibga solishga qaratilgan bazi tadbirlarni amalga oshirdi. sun'iy qonun qabul qilindi. Vaqf yerlari masalasi tartibga solindi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.88 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.88 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga