Siydik ajratish va endokrin sistemalari anatomiyasi, fiziologiyasi va funksiyalari to'g'risida ma'lumot. Reja: Siydik ajratish sistemalari anatomiyasi, fiziologiyasi va funksiyalari to'g'risida ma'lumot. Endokrin sistemalari anatomiyasi, fiziologiyasi va funksiyalari to'g'risida ma'lumot. Endokrin sistemasining bezlarining organizmdagi tutgan o'rni. Buyrak qorin pardasi orqasida, umurtqa pog'onasi bel qismining ikki yonida joylashgan. Loviya shaklidagi juft organ, unda siydik hosil bo'ladi. Har bir buyrakning og'irligi 120-200 g, bo'yi 10- 12 sm. O'ng buyrak chap buyrakka nisbatan biroz pastroqda joylashgan. Buyrakning yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqlashgan bo'ladi. Buyrakning umurtqaga qarab turgan ichki tomoni o'rtasida botiq joy bo'lib, u buyrak darvozasi deyiladi. Darvozadan buyrak arteriyasi va nervlar kirib, vena limfa tomirlari va siydik yo'li chiqadi. Buni fibroz parda yog' kapsulasi va biriktiruvchi to'qimadan iborat fassiyalar o'rab turadi. Buyrak ikki qismdan iborat: po'stloq va mag'iz. Po'stloq qismining qalinligi 4-13 mm, uning tagida 12-15 ta buyrak piramidalaridan iborat mag'iz qismi joylashgan. Buyrakning asosiy vazifasi moddalar almashinuvida hosil bo'ladigan zararli va chiqindi moddalarni organizmdan chiqarib yuborishdir. U yana organizm uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab, tashqariga chiqarmay qo'yadi. Buyrak siydik bilan birgalikda mochevina, siydik kislota, tuz va suvni chiqarib turadi. Bu moddalarni teri, o'pka, ichak, so'lak bezlari ham chiqarib turadi, biroq ular buyrakning o'rnini bosolmaydi. Buyrak to'qimalari nefronlardan tuzilgan. Shu nefronlarda siydik hosil bo'ladi. Har bir nefron Malpigi koptokchalari bilan siydik kanalchalaridan iborat. Ikkala buyrakda milliondan ortiq buyrak tanachasi bor, ulardagi kapillarlarning umumiy yuzasi 1,5 m2, qon bilan juda yaxshi ta'minlanadi. Buyrakdan har minutda 1200 ml qon o'tib turadi. Qon buyrakdan bir sutkada 350 marta o'tib, ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
224 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:02 ]
Arxiv ichida: doc