Suyak kasalliklari

Suyak kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Suyak kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotlar: 1. 440 - 496; 3. 139 - 143; 4. 76 - 85, 181 - 185, 186 - 201; 5. 25 - 30 b. Tayanch iboralar: suyak murakkab organ. O'tkir va surunkali periostitlar. Fibrozli suyaklashuvchi periostit. Ostitlar. Sekvestr. Suyak nekrozi. Suyak kariyesi. Tug'ma va orttirilgan suyak sinishlari. Suyak yoriqlari. Suyak qadog'i. Immobilizatsiya. Taxtakachlar. Osteosintez. Shinalar. Ultratovush bilan payvandlash. Suyak - os murrakkab organ bo'lib, qon tomirlar bilan yaxshi ta'minlanadi. Suyak ichida suyak iligi joylashadi. Usti esa biriktiruvchi to'qimali maxsus parda - suyak pardasi bilan qoplangan bo'ladi. Suyaklarning bo'g'im yuzasi tog'ay bilan qoplanadi. 1. Periostitlar. Etiologik omillar, klinik ko'rinish, patologoanatomik o'zgarish va yallig'lanish jarayonining tarqalishi bo'yicha quyidagi periostitlar kuzatiladi: Etiologik belgilar bo'yicha - travmatik, yallig'langan, atrofdagi to'qimalardan o'tgan va toksik. Patologoanatomik o'zgarishlar bo'yicha - serozli, sero - fibrinozli, yiringli, fibrozli va suyaklashuvchi. Klinik kechishi bo'yicha - o'tkir va surunkali. tarqalishi bo'yicha - chegaralangan, diffuzli va ko'p sonli. Serozli va yiringli periostitlar asosan o'tkir kechadi. Serozli periostitlar ko'pincha suyak pardasining yopiq mexanik shikastlanishida kuzatiladi va asosan tezda so'rilib ketadi. Yiringli periostitda parda ostida abssesslar rivojlanadi va oqmalar hosil bo'ladi. Kuchli mexanik zarbalarda sero - fibrinozli periostitlar rivojlanadi. Jarayon surunkali shaklga o'tsa ular fibrozli yoki suyaklashuvchi periostitga aylanadi. Klinik belgilar - serozli periostitlarda issik, ogriydigan, zich shish hosil bo'ladi. Oyoqlar faoliyati buziladi, yiringli periostitda undan tashqari hayvonning umumiy ahvoli yomonlashgan, umumiy harorati baland bo'lib, chuqur oqmalar rivojlanadi. Zond yuborilganda u suyak yuzasiga tegadi, og'riq va oqsash kuchayadi. Yiringli periostitning og'ir kechishida kariyes, nekroz yoki suyak osti miyeliti rivojlanadi. Davolash: hayvonga tinch sharoit ta'minlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.88 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.88 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga