Temuriylar davrida O'zbekiston hududida tibbiyotning rivojlanishi Temuriylar davridagi tibbiyot undan oldin o'tgan somoniylar va qoraxoniylar davridagi tibbiyotning to'g'ridan-to'g'ri davomi emas. Somoniylar va qoraxoniylar bilan temuriylar o'rtasida butun bir asr vayronalik va turg'unlik davri yotadi. Malumki, 13 asr boshlarida mug'ul-tatar askarlari O'rta Osiyoga bostirib kirib, ko'p shahar va qishloqlarni yer bilan yakson qildilar, ekin maydonlarini toptadilar va barcha madaniy boyliklarni yo'q qildilar. Kasalxonalar, dorixonalar, tibbiy maktablar paydo bo'ldi. Ko'p tabiblar qatl etildilar. Tibbiyot ham boshqa sohalar singari, og'ir tushkunlikni boshidan kechira boshladi. Bunday hol bir asrdan ortiqroq vaqt davom etdi. XIV asrning 60-70 yillariga kelib, O'rta Osiyo hududida yirik va kuchli temuriylar davlati vujudga keldi. Bu davlatning asoschisi Amir Temur Movarounnahr, Xuroson, Xorazm, Oltin O'rda, Eron, hindiston, Iroq, Turkiya va boshqa mamlakatlarni barpo etdi. Temur bu mamlakatlarning barcha boyliklaridan foydalanib, o'z davlatini iqtisodiy va madaniy jihatdan juda yuksak darajaga ko'tardi. Mamlakatda katta-katta qurilishlar olib borildi. Fan, madaniyat, san'at va adabiyot yuksak darajaga ko'tarildi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ham rivojlandi. Kasalxonlar, dorixonalar, tibbiy maskanlar, kutubxonalar barpo etildi. Madrasalarda boshqa bilimlar qatorida tibbiy bilimlar ham o'qita boshladi. Amir Temur o'z davlatni idora etish va harbiy yurishlarni boshqarish qonun-qoidalari haqidagi Temur tuzuklari (Temur qonunlari) nomli hujjatida bir qancha muhim tadbirlar qatorida shaharlarda tibbiy muassasalar qurdirganligini bayon etadi. Temur tomonida har bir shaharda shifoxona bo'lgan, ularda tajribali tabiblar faoliyat olib borgan. Samarqandda esa Dorush-shifo (Shifo maskani) nomli yirik kasalxona bo'lib, unga o'z zamonasining taniqli tabiblari-Mir Sayid Sharif Sheroziy (1330-1414) rahbarlik qilgan. Bu tabib asli Juronlik bo'lib, Temurnig taklifi bilan Samarqandga kelib, shu kasalxonaga boshchilik ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.29 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
65.29 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:25 ]
Arxiv ichida: docx