Tib qonunlari

Tib qonunlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Tib qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Tib qonunlari TIB QONUNLARI (asl nomi Kitob alQonun fittib) - Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. Tib qonunlari o'z davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi bo'lib, unda inson sog'ligi va kasalliklariga oid bo'lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to'la bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shug'ullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qo'llash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga ko'tardi va yunon, rim, hind, Yaqin va o'rta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib Tib qonunlarida uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi. Ibn Sino Tib qonunlarining 1kitobini Go'rgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015- 1024). Ibn Sino Tib qonunlarini yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih adDimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar Roziy, Abu Sahl alMasihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. Tib qonunlarining har bir kitobi, o'z navbatida, qismlarga (fan), bo'limlarga (jumla), maqolalarga (maqola) va paragraflarga (fasl) bo'lingan. 1kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining ta'rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta'limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining oddiy a'zolari - suyak, tog'ay, asab, arteriya, vena, pay, bog'lam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko'rinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sog'liqni saqlash haqidagi ta'limot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan. 2kitobda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga