Tug'ruq jarohatlari

Tug'ruq jarohatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Tug'ruq jarohatlari - rasmi

Material tavsifi

Tug'ruq jarohatlari Tug'ruq jarohati termini tug'ruq vaqtida bola to'qimalari va a'zolari butunligining buzilishlarini (faoliyat buzilishlarini ham) birlashtiradi. Perinatal gipoksiya va tug'ruqdagi asfiksiya ko'pincha tug'ruq jarohatlari bilan o'tadi, biroq ular paydo bo'lishining patogenetik halqalaridan biri bo'lishi ham mumkin. Tug'ruq jarohatlarining ko'p yoki kam uchrashi aniqlanmagan, chunki u tashxisot yondashuvlariga va tekshirish imkoniyatlariga, shuningdek, doyalarning san'ati va mahoratiga, kesar-kesish amaliyotlarining soniga va boshqalarga bog'liq. Tug'ruq jarohatlarini aniqlashga an'anaviy yondoshishda R.Ye.Berman va R.M.Kliman (1991) 100 nafar yangi tug'ilgan chaqaloqlarning 2-7 tasida tug'ruq shikastlarini aniqlaganlar. Biroq zamonaviy tekshirish usullari (ultratovushli tekshiruv, reografiya, kompyuterli tomografiya, yadroli paramagnit rezonans va b.) dan foydalanilganda bosh va orqa miyaning tug'ruq jarohatlarini bundan ko'proq sonli yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (ayrim mualliflarning ma'lumotlari bo'yicha 6-8% gacha) aniqlaydilar. Tug'ruq jarohati doyalik jarohatiga qaraganda birmuncha keng tushuncha. Tug'ruqda doyalik amallari - tug'ruq jarohatlarining sabablaridan biridir. Doyalik amallarining jarohatliligi faqat doyalik ko'nikmalari bilan belgilanmaydi, balki homilaning qanday va qaysi holat bo'yicha tug'ruqqa kirishishiga bog'liq. Ko'p davom etadigan homila gipoksiyasi, og'ir intranatal asfiksiya tug'ruq vaqtida hatto me'yoriy kechayotganda ham tug'ruq jarohati yuz berish ehtimolini oshiradi. Tug'ruq jarohati rivojlanishiga moyillik qiladigan omillar: dumba bilan kelishi va boshqa anomal kelishlar, makrosomiya, homiladorlikning muddatidan kechikkani, surunkali va o'ta tez tug'ruqlar, homila boshining kattaligi, o'ta chala tug'ilganlik, oligogidroamnion, homilannig rivojlanish nuqsonlari, tug'ruq yo'llari o'lchamlarining kamayishi (infantilizm, raxit oqibatlari va b.) va tug'ruq yo'llari rigidligining oshishi (yoshi katta birinchi tug'uvchilar, homiladorlik davrida D vitamini ko'pligi), akusherlik amallari - homilaning oyoqchasiga aylanishi, turli xil akusherlik qisqichlarini, vakuum-ekstraktor va b. Ni ishlatish hisoblanadi. Sof akusherlik jarohatlariga kalla suyagi, oyoq-qo'llar, kurak suyuklarining sinishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.13 KB
Ko'rishlar soni 310 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.13 KB
Ko'rishlar soni 310 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga