Tuxum va tuxum mahsulotlari Tuxumlar an'anaviy yuqori qiymatli oziq-ovqat mahsulotlari jumlasiga kiradi. Ovqatlanishda boshqalarga nisbatan ko'proq tovuq va bedana tuxumlaridan, sanoat qayta ishlab chiqarilishi sharoitida esa - suvda suzuvchi parranda (g'oz va o'rdak)lar tuxumidan foydalaniladi. Shuningdek, kurka, tuyaqush va toshbaqalarning ham tuxumlari istemolga yaroqli hisoblanadi. Tuxumlarning tavsifnomasi. Tuxum to'rtta tarkibiy qismdan iborat: tuxum oqi (butun tuxum vazniga ko'ra 62 66 %), sarig'i (32 36 %), po'stloq osti pardasi va po'stlog'i. Tuxumning to'mtoq uchidagi havo kamerasi puga deb ataladi. Tuxum oqida proteindan tashqari riboflavinning asosiy qismi mavjuddir. Sarig'i nutrientlarning asosiy omboridir. Unda oqidagiga qaraganda ko'proq proteinlar, V guruhi vita'minlari, temir va yog'larning barcha zaxirasi, A, D vita'minlari, xolin, letsitin mavjud. Tuxum qobig'i noorganik tuzlar (kaltsiy karbonat va fosfor-nordon kaltsiy va magniy)ning va organik matriks (proteinglikanlar)ning majmuasidan iborat. Tuxumlarda o'rtacha 11 13 % oqsil, 11 13 % yog', 2,5 3,2 mg% temir, 250 470 mkg% A vitamini, shuningdek, D va V2 vita'minlari, selen, xrom (ayniqsa, bedana tuxumlarida) salmoqli miqdorda bo'ladi. Tuxum oqi yuqori qiymatli hayvon oqsillariga kiradi va almashtirilmas aminokislotalar tanqisligi bo'lmaydi. U xuddi sut proteini singari to'liq hazmlanadi va 98 % so'riladi. Tuxum oqsilida proteinlarning bir nechta guruhi ifodalanib, ular orasida asosiy ulushni ovoalbumin, konalbumin, ovoglobulin, ovomukoid va lizotsim asosiy ulushni egallaydi. Sarig'ining asosiy proteini fosfoproteid vitellindir. Tuxum albuminlari allergologik statusi buzilgan shaxslarda sensibilizatsiya (allergiya) rivojlanishining sababchisi bo'lishi mumkin. Tuxum sarig'ining lipidli majmuasiga TYoK (palmitin va stearin), MTYoK (olein), PTYoK (linod tva araxidon), triglitseridlar, fosfolipidlar (letsitin, kefalin, sfingomielin), shuningdek, salmoqli miqdorda xolesterin kiradi. Bunda letsitin ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
96.94 KB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
96.94 KB
Ko'rishlar soni
283 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:42 ]
Arxiv ichida: docx