Uglevodlar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati

Uglevodlar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati

O'quvchilarga / Tibbiyot
Uglevodlar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Uglevodlar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati Uglevodlar inson ovqatlanishidagi asosiy quvvat yetkazib beruvchi makronutrientlar bo'lib, ratsionning umumiy quvvatiy qiymatining 5070% ini ta'minlaydi. Ular metabolizlanganda, aerob hamda anaerob sharoitlarda ham birdek, makroergik birikmalar hosil qilishga qodir. uglevodning metabolizlanishi natijasida organizm 4 kkal. ga teng quvvat oladi. Uglevodlar almashinuvi yog'lar va oqsillar almashinuvi bilan jips bog'langan bo'lib, bu ularning o'zaro evrilishlarini ta'minlaydi. Ovqatlanishda uglevodlarning o'rtacha yetishmasligida - to'plangan yog'lar, chuqur yetishmasligida (50 gsut. dan kamroq) esa aminokislotalar (erkin, shuningdek, mushak oqsillaridagi) organizmga kerakli quvvat olinishiga eltuvchi glyukoneogenez jarayoniga jalb etiladi. Buning aksi bo'lgan holatda esa liponeogenez faollashadi va ortiqcha uglevodlardan yog' kislotalari sintezlanib, zaxiraga to'plana boshlaydi. Uglevodlar asosiy quvvat funksiyalari bilan birga plastik almashinuvda ham ishtirok etishadi. Glyukoza va uning metabolitlari (sial kislotalari, aminoqandlar) glikoproteidlarning asosiy tarkibiy qismlari bo'lib, qondagi oqsilli birikmalarning ko'pchiligi (transferrin, immunoglobulinlar), bir qator gormonlar, fermentlar, qon ivishi omillari ularga taalluqlidir. Glikoproteidlar, shuningdek, glikolipidlar oqsillar va lipidlar bilan birga biomembranalarning tuzilmaviy va funksional tashkil topishida ishtirok etishadi va shu bilan birga normal hujayraviy o'sish, tabaqali o'zgarishlar va immunitet uchun o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan gormonlar va boshqa biologik faol birikmalarning hujayraviy retseptsiya jarayonlarida va hujayraviy o'zaro ta'sirida yetakchi o'rin tutadi. Ovqat uglevodlari, shuningdek, glikogenlar va triglitseridlarni hosil qiluvchilar hamdir; ular almashtiriluvchi aminokislotalarning uglerod manbai sifatida xizmat qilib, kofermentlar, nuklein kislotalari, adenozintrifosfor kislota (ATF) va boshqa biologik muhim birikmalarning tuzilishida ishtirok etishadi. Uglevodlar oksidlanganida yog' kislotalarini hosil qiluvchi atsetilkoenzim A oksidlanishini kuchaytirib, antiketogen ta'sir ko'rsatadi. Uglevodlar - bu poliatomli aldegid va ketospirtlardir. Ular fontosintez paytida o'simliklarda hosil bo'ladi va inson organizmiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 153.99 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 153.99 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga