Vita'minlar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati Vita'minlarni sinflashtirish. Organizm hayot faoliyatida vita'minlarning ahamiyati. Vita'minlar atamasi (lotincha vita - hayot so'zidan olingan) hozirgi vaqtda umumqo'llaniluvchi bo'lib, ushbu ozuqa moddalari guruhiga kiruvchi birikmalarning hammasi ham o'z tarkibida aminoguruhga ega bo'lavermaydi. Umumiy o'xshashliklarga ega bo'lgan organik tabiatli kimyoviy birikmalarning 15 ta guruhi vita'minlarga kiradi: ular asosiy almashinuv jarayonlarida muayyan o'rin tutadi; inson organizmida kerakli miqdorda hosil bo'lmaydi va ovqat bilan birga tushib turishi kerak; mikronutrientlarga kiradi, yani ularga bo'lgan kundalik ehtiyoj mikromiqdor (milligramm yoki mikrogramm)da ifodalanadi; ularning ovqat bilan birga tushgandagi gipovitaminoz (vitamin yetishmovchiligi) holatlari klinik va (yoki) laboratoriyaviy alomatlarga ega bo'ladi. Shu tariqa, vita'minlar - bu essentsial mikronutrientlar guruhi bo'lib, metabolik jarayonlarning maromlashtirilishi va fermentativ ta'minlanishida ishtirok etishadi, ammo plastik va quvvatiy ahamiyatga ega bo'lishmaydi. Vita'minlar ularning suvda yoki yog'da erishiga qarab sinflashtiriladi. S u v d a e r i y d i g a n vita'minlarga quyidagilar kiradi: askorbat kislota (S), bioflavonoidlar, V guruhi vita'minlari - tiamin (V1), riboflavin (V2), piridoksin (V6), niatsin (RR), folatsin, V12 vitamini, pantotenat kislota, biotin (N). Yo g' d a e r i y d i g a n vita'minlar quyidagilardir: A vitamini, karotinoidlar (A provita'minlari), shuningdek, Ye, D, K vita'minlari. Suvda eriydigan vita'minlar fermentativ hujayraviy jarayonlarda bevosita kofermentlar ko'rinishida ishtirok etishadi yoki funksional guruhlar yohud protonlar va elektronlarning ko'chirilishi hisobiga jarayon dinamikasini boshqaradi. Yog'da eriydigan vita'minlar biologik membranalarning normal ishlashini ta'minlash uchun masul bo'lib, bunda o'ziga xos gormonsimonlik xususiyatlarini namoyon etadi. So'nggi yillarda almashinuv jarayonlarining irsiy regulyatsiyasida vita'minlar ishtirokining ehtimoliy mexanizmlari ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
328.93 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
328.93 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:51 ]
Arxiv ichida: docx